Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Ularni yulduz bo‘lishiga ishonishmagandi: Kakadan Tottigacha

Ularni yulduz bo‘lishiga ishonishmagandi: Kakadan Tottigacha

Baho:
+ | -

Inson taqdiri bir zumda o‘zgarib ketishi mumkin. Futbol olamida mashhurlik darajasiga erishgan ayrim futbolchilarning ham taqdirlari umuman o‘zgarib ketishi mumkin edi. Mazkur maqolamiz aynan taqdiri o‘zgarib ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida.

Futbolchi bo‘lish oson deb hisoblovchilar adashishadi. Ishonmaysizmi? Unda mazkur maqolamiz mobaynida o‘zingiz bunga ishonch hosil qilasiz.

2007 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Kaka, «San Paulu»ning yoshlar jamoasida o‘ynab yurgan vaqtida bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi. Shu munosabat bilan unga bir necha kun ta’til berdilar. Ta’tilni buvisi va bobosi bilan o‘tkazishga qaror qiladi. Ularning uyi yaqinida suvda arg‘imchoqli xiyobon bor edi. O‘sha xiyobonda ukasi bilan birga o‘ynab turganida, tasodifan muvozanatni yo‘qotib qo‘yadi va suvga qulaydi. O‘shanda boshi bilan hovuzning tubiga qattiq uriladi va kasalxonaga borib, yorilgan joyiga chok qo‘ydirib keladi. Oradan 1-2 kun o‘tgach, San-Pauluga qaytib ketadi. Dushanbadan boshlab odatdagidek mashg‘ulotlarga qatnay boshlaydi. Ammo bo‘yni nimagadir qattiq og‘rirdi. Tabiblar ko‘rib chiqqanlaridan so‘ng, bo‘yindagi umurtqa pog‘onasining oltinchisi lat yeganini aniqladilar. Bu jarohat juda havfli edi, ammo Kakaning baxtiga juda nozik bo‘lgan joylar shikast yemay qolgan edi. Tabiblar unga hayrat bilan qaradilar va juda baxtli ekanini, hali futbol o‘ynashi ham mumkinligini aytdilar. Sal bo‘lmasa, futbol o‘ynash u yoqda tursin, yura olmay ham qolardi.

Davomi>>>

 

Kiritildi: 15:48, 30.08.2017.
O'qildi: 7059 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.