Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvini 10 yillik tanaffusdan keyin Xayrulla Hamidov sharhlaydi

Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvini 10 yillik tanaffusdan keyin Xayrulla Hamidov sharhlaydi

Baho:
+2 | -

31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoyga qarshi o‘yinini sharhlovchi Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. Bu haqdagi savolga Hamidov ijobiy javob qaytardi. Sharhda, shuningdek, Dilshodbek To‘xtabekov ishtirok etadi.

Xitoy — O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. «Sport» telekanali esa translyasiyani 1 soat oldinroq boshlashni rejalashtirgan. O‘yinga qadar studiya orqali muhokama bo‘ladi, unda taniqli mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Xayrulla Hamidov so‘nggi bor 2007 yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinni sharhlab borgandi. Uning ayniqsa Kuvaytga qarshi irodali g‘alaba bilan yakuniga yetgan (3:2) o‘yin sharhi, JCH saralashlari doirasidagi esdan chiqmaydigan Bahrayn bilan to‘qnashuv vaqtidagi sharhlari o‘zbekistonlik futbol muxlislarining yodida saqlanib qolgan.

«Sport»dagi manbaning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, telekanal jurnalist Farrux Rasulovni milliy terma jamoa bilan Xitoyga yuborgan. O‘yin kuni Rasulov hamda Toshkentdagi studiya o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi va futbolchilarning o‘yinoldi holati borasida savol-javob bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:08, 30.08.2017.
O'qildi: 9193 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик