Kirish Ro'yxatdan o'tish

Boks, JCH-2017. 49 kg. Hakamlar g‘alabani Do‘smatovga emas, «qochqoq» kubalikka berib yuborishdi

Boks, JCH-2017. 49 kg. Hakamlar g‘alabani Do‘smatovga emas, «qochqoq» kubalikka berib yuborishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Germaniyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida final janglari boshlandi. Dastlab eng yengil vazn toifasida chempionlik uchun Hasanboy Do‘smatov va kubalik Yoanis Argilagos ringga ko‘tarilishdi.

Hamyurtimiz o‘z uslubida raqibga doimiy bosim ostida ushlab turib, ketma-ket zarbalar berdi. Hasanboy yaxshi himoyalanishni ham uddaladi. Argilagos asosan ring bo‘ylab qochib yurib, asosan qarshi hujumda ishladi.

Ammo hakamlarning baholari qiziq bo‘ldi — 2:3 (28:29, 28:29, 28:29, 30:27, 29:28).

Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov faoliyatida jahon chempionatining ilk medalini qo‘lga kiritdi — bu kumush bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:15, 02.09.2017.
O'qildi: 20113 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.