Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo xayriya uchrashuvida o‘zini darvozabon sifatida sinab ko‘rdi (video)

Mourinyo xayriya uchrashuvida o‘zini darvozabon sifatida sinab ko‘rdi (video)

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbol va shou-biznes yulduzlari o‘rtasidagi xayriya uchrashuvida darvozabonlik qildi. Bu uchrashuv 2 sentyabrda “Kuinz Park Reyndjers” klubining uy maydoni hisoblangan Londondagi “Loftus Roud” stadionida bo‘lib o‘tdi. 

54 yoshli portugaliyalik mutaxassis futbol yulduzlari jamoasi tarkibida darvozabon Devid Jeyms o‘rniga maydonga tushdi. Bu jamoaga afsonaviy Alan Shirer, shou-biznes yulduzlari jamoasiga esa Les Ferdinand sardorlik qildi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natija bilan tugagach, penaltilar seriyasi amalga oshirilgan. Mourinyo o‘ziga berilgan ishonchni oqlab, penaltini bexato amalga oshirganiga qaramasdan, uning jamoasi natijada 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.  

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 10:24, 03.09.2017.
O'qildi: 6109 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик