Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

JCH—2018 saralashi. Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasi safida gol urolmadi

JCH—2018 saralashi. Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasi safida gol urolmadi

Baho:
+-1 | -

Sakkiz turdan buyon Shveysariya terma jamoasini quvib yeta olmayotgan Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya, JCH—2018 saralashining Vengriyaga qarshi safar o‘yinida 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur bellashuvdagi yagona gol Andre Silva tomonidan urildi. Bunga qadar 7 uchrashuvda 14 ta gol urishga erishgan va saralash to‘purari bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi to‘liq o‘ynagan bo‘lsa-da, gol urishga muvaffaq bo‘la olmadi.

Ronaldu Shveysariyaga qarshi kechgan 1-turda maydonga tusha olmagan va o‘sha uchrashuvda Portugaliya 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin 7 ta o‘yinda portugallar zafar quchdi va Krishtianu ularning har birida gol urishga erishdi.

Shveysariya esa o‘zining g‘alabali yurishini davom ettirib, peshqadamligini saqlab qoldi.

JCH—2018. Saralash
«B» guruhi. 8-tur
3 sentyabr, yakshanba
Farer orollari— Andorra 1:0
Gol: Gilli Serensen, 32 (1:0).

Vengriya — Portugaliya 0:1
Gol: Andre Silva, 48 (0:1).
Chetlatish: Tomash Prishkin, 30 (V).

Latviya — Shveysariya 0:3
Gollar: Xaris Seferovich, 9 (0:1). Blerim Jemayli, 55 (0:2). Rikardo Rodriges, 58-pen (0:3).
Noaniq penalti: Blerim Jemayli, 32 (SH).

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:24, 04.09.2017.
O'qildi: 8474 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик