Bugun, 5 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladigan O‘zbekiston — Janubiy Koreya uchrashuvini sharhlash mas’uliyati Murod Rizayevga ishonib topshirildi.
Shuningdek, bellashuvni rus tilida rossiyalik mashhur sharhlovchi Konstantin Genich sharhlab boradi. U o‘zining Twitter sahifasida O‘zbekiston terma jamoasini Jahon Chempionatiga "olib chiqish" uchun Toshkentga uchib kelayotgani haqida yozgandi.