Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya

Oliy liga. "Navbahor" Muborakda mag‘lubiyatga uchradi

Oliy liga. "Navbahor" Muborakda mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Oliy liga 20-turida "Navbahor" Muborakda “Mash’al” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning debyutida jamoalar bir-birlarini o‘yin uslubini o‘rganishga e’tibor qaratishdi. Vaqt o‘tgani sayin futbolchilar hujumlar tashkil etishga o‘tishdi. Lekin, Muborakda havo harorati issiq bo‘lganligi sababli tezkor hujumlar tashkil etishda qiyinchiliklarga duch kelishdi.

27-daqiqada mezbonlar penalti tepish imkoniga ega bo‘lishdi. A’zam Aliyevni o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topgan Qodirov nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Shahzod Shaymanov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Tez orada hisob tenglashdi. Azizbek Turg‘unboyev ikki bor burchak to‘pini amalga oshirgach, ikkinchi urinishda Nemanya Yovanovich boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Serbiyalik hujumchi “Navbahor”ning O‘zbekiston chempionatlaridagi 1300-golini urganligini ham qo‘shimcha qilish joiz.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, maydon egalari g‘alaba to‘pini kiritishni uddasidan chiqishdi. 59-daqiqada “Mash’al”ning markazdan tashkil etgan hujumi gol bilan yakunlandi. Xumoyun Murtazoyev Zafar To‘rayevni qulay vaziyatga chiqardi. Amanov bilan yolg‘iz qolgan muborakliklar hujumchisi imkoniyatdan samarali foydalandi.

Mag‘lubiyatga uchrashni istamagan mehmonlar maydonga Ro‘zimboy Ahmedovni, keyinchalik esa Abbos Maxstaliyevni tushirishdi. Oldingi chiziqlar kuchaytirilgan bo‘lsada, hujumlarni gol bilan yakunlash nasib etmadi. O‘z navbatida mezbonlar ham hisobda oldinga chiqib olgach, himoyada bexato harakat qilib, qarshi hujumlarga e’tibor qaratishdi. Zaxiradan safga qo‘shilgan Ro‘zimboy Ahmedov “Mash’al” posbonining qo‘pol xatosidan samarali foydalanganida, Muborakda durang qayd etilishi ham mumkin bo‘lardi.

Oliy liga, 20-tur
7 sentyabr. Muborak. B.Vafoyev nomli o‘yingoh.
“Mash’al” - “Navbahor” - 2:1 (1:1)
Gollar: SH. Shaymanov (23-pen.), Z.To‘rayev (59) - N.Yovanovich (27).
Hakamlar: Z.Qodirov, O.Jumayev, R.Samandarov, SH.Rajabov.
Nazoratchi – X.Muxtorov.
PFL vakili – V.Lyotkin.
“Mash’al”: 35. Javohir Ilyosov, 6. Sardor Abduraimov, 10. Xumoyun Murtazoyev, 13. Shahzod Shaymanov, 18. Abbos Shodmonov, 19. Zohir Qo‘ziboyev (77. Abdulloh Olimov, 46), 27. Nikita Pavlenko (2. Iskandar Shayqulov, 80), 31. Igor Timanyuk, 44. Asiljon Begimqulov, 55. Avaz Agaliyev, 90. Zafar To‘rayev (23. Kenja To‘rayev, 88).
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Oybek Qilichev (22. Ro‘zimboy Ahmedov, 60), 9. Dilshod Jabborov (S), 18. Doniyor Usmonov (24. Sardor Azimov, 50), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich (70. Abbos Maxstaliyev, 76), 77. Azizbek Turg‘unboyev, 84. Nemanya Yovanovich.
Ogohlantirishlar: A.SHodmonov (68) - M.G‘ofurov (77).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:24, 07.09.2017.
O'qildi: 3723 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.