Fransiya futbol federasiyasi (FFF) prezidenti Noel Le Gre kelajakda terma jamoa "Real" ustozi Zayniddin Zidanga topshirilishi mumkinligini aytdi.
"Ishonchim komil, Zidanga Fransiya terma jamoasida ishlash yoqadi. Ammo hozir u "Real" bilan uzoq muddatli va katta maoshli kelishuvga erishgan. Zidanni yaxshi taniyman, u o‘zining bahosini biladi.
Ishonamanki, kelajakda u bilan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini muhokama qilamiz. Menimcha, unga bu g‘oya yoqadi" - dedi Le Gre AS xabarida.