Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘zbekiston futzal terma jamoasi yig‘inni davom ettirmoqda

O‘zbekiston futzal terma jamoasi yig‘inni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

Shu yilning sentyabr oyida Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Hisob bo‘yicha beshinchi Osiyo o‘yinlarining futzal bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Ayni paytda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig‘inni davom ettirmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Ertalabki mashg‘ulot 10:00da, kechqurungisi esa 17:00da "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Tayyorgarlik jarayonida asosiy e’tibor to‘p bilan ishlash, o‘yin payti yuzaga keladigan vaziyatlar va standart vaziyatlar ustida ishlashga qaratilmoqda. Hozircha, mashg‘ulotlarda 16 nafar o‘yinchi ishtirok etmoqda. Yakunda ulardan 14 nafari Ashxobodga yo‘l oladi. Bahodir Ahmedov tez orada yakuniy tarkibni e’lon qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan futzalchilar:

Darvozabonlar: Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov.

O‘yinchilar: Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Feruz Faxriddinov, Ilhom Hamroyev, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Davron Abdurahmonov, Davron Choriyev, Artur Yunusov, Alan Aminov, Konstantin Sviridov, Timur Sadirov, Husniddin Nishonov, Ixtiyor Ropiyev.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ashxoboddagi turnirda Xitoy, Afg‘oniston, BAA va Maldiv terma jamoalariga qarshi "B" guruhida bahs olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi 1-turni 18 sentyabrda BAAga qarshi o‘tkazadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:20, 08.09.2017.
O'qildi: 2849 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.