Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Lokomotiv” “SHo‘rtan”dan revansh ola biladimi?

“Lokomotiv” “SHo‘rtan”dan revansh ola biladimi?

Baho:
+ | -

Bugun Oliy Ligada 20-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Kun doirasidan 3 ta bellashuv o‘rin olgan bo‘lib, ulardan eng qiziqarli hamda murosasiz ruhda o‘tishi kutilayotgan matchlardan biri poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Oliy Liga musobaqa jadvali karvonboshisi “Lokomotiv” G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasini qabul qiladi.

Qayd etish joizki, bugungi bellashuv “temiryo‘lchilar” jamoasi uchun prinsipial ahamiyatga ega. Zero O‘zbekistonning amaldagi chempioni joriy mavsumni juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Lekin jamoa milliy chempionatimizda 2 ta bellashuvni kutilmaganda boy berib qo‘ydi. Ulardan biri aynan G‘uzorda “Sho‘rtan” bilan bo‘lgan matchda qayd etilgandi.

Birinchi davra doirasida kechgan bellashuvda “oq bo‘rilar” kutilmaganda “Loko” futbolchilarini 2 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishgandi. Bugun esa “Lokomotiv” futbolchilari o‘sha kungi mag‘lubiyat tasodif ekanini isbotlash uchun urinib ko‘rishadi.

Ta’kidlash kerakki, “Lokomotiv” hamda “Sho‘rtan” jamoalari shu paytga qadar ichki chempionatimiz doirasida 21 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Qiziqarli tarzda o‘tgan bellashuvlar tarixidagi ustunlik “temiryo‘lchilar” jamoasi tarafida.

“Lokomotiv” o‘zaro o‘yinlarning 10tasini o‘z foydasiga hal etgan. Mehmonlar esa 8 ta uchrashuvda g‘olib chiqishgan. Yana 3 ta bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan, durang natija qayd etilgan.

Vakillarimiz g‘uzorliklar darvozasini umumiy hisobda 39 marta ishg‘ol etib, 20 bor to‘p o‘tkazib yuborishgan. “Loko” ushbu raqib ustidan yirik hisoblarda ko‘p bor g‘alaba qozongan. Ayniqsa, jamoamiz ikki marta 4:0 hisobida g‘alabaga erishgan. “Sho‘rtan”ning “Loko” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 2:0 sanaladi.

 

 

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:22, 08.09.2017.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.