Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

“Lokomotiv” a’zolari futbol faxriylari imzolagan rezolyusiyaga imzo qo‘yish niyatida bo‘lmagan

“Lokomotiv” a’zolari futbol faxriylari imzolagan rezolyusiyaga imzo qo‘yish niyatida bo‘lmagan

Baho:
+ | -

Shu yilning 7 sentyabr kuni Radisson BLU Hotel Tashkent mehmonxonasida “O‘zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va dunyo tajribasi” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada 2017 yilning 10 avgustida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3196 raqamli “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu konferensiyada mamlakatimizda sport, xususan, futbolni rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim ekani, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi ish tizimini o‘zgartirish hamda isloh etish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi lozim ekani gapirib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, konferensiya yakunida unda qatnashgan bir qator futbol faxriylari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Davlat maslahatchisi Axmadxo‘ja Yunusxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Alisher Sultonov nomiga rezolyusiya yuborishdi. Rezolyusiyada konferensiya ishtirokchilarining mamlakatimizda futbolni isloh etish borasidagi takliflari bayon etilgan.

Qayd etish joizki, Anhor.uz saytida rezolyusiya imzolagan faxriylar nomi ma’lum qilindi. Unda rezolyusiyaga imzo chekish paytida konferensiyada ishtirok etganlik to‘g‘risidagi qog‘ozga qo‘l qo‘yyapman, deb o‘ylagan “Lokomotiv” jamoasi murabbiylari – Andrey Miklyayev, Andrey Fyodorov hamda “Lokomotiv” futbol klubi o‘yinchisi – Timur Kapadzening nomlari ham zikr etilgan.

Keng ommaga ma’lum qilmoqchimizki, jamoamiz nomidan ushbu konferensiyaga taklif etilgan 2 nafar murabbiy hamda bir nafar futbolchi tashkilotchilarning taklifini rad etmaslik uchun ham unda ishtirok etishdi. Biroq ular konferensiya yakunida rezolyusiya imzolanishidan butunlay bexabar bo‘lishgan hamda unga qo‘l qo‘yish niyatida bo‘lishmagan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:10, 09.09.2017.
O'qildi: 7309 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.