Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi ortiqcha vazni tufayli jazolandi

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi ortiqcha vazni tufayli jazolandi

Baho:
+ | -

«Shanxay Shenxua» klubining yangi bosh murabbiyi U Szinsu yulduz futbolchilardan hayiqmasligini namoyish qildi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, mutaxassis jamoa yetakchilari bo‘lmish Karlos Teves va Freddi Guarinni ortiqcha vazni tufayli asosiy tarkibdan chetlatdi.

«Teves bugungi kunda jismonan tayyor emas. Guarin bilan ikkalasida ortiqcha vazn bor. Men natija uchun javobgarman, futbolchilar uchun emas. Agar jamoaning yutug‘ini ta’minlash uchun qo‘lingizdan hech narsa kelmasa, tarkibga kiritilmaysiz.

Men juda ko‘p yulduzlar bilan ishlaganman va men uchun futbolchining obro‘si hech qanday ahamiyatga ega emas», — dedi Szinsu.

Eslatib o‘tamiz, Karlos Teves dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, uning mehnat haqi yiliga 30 mln yevroga yaqin.

Joriy mavsumda u 12ta o‘yinda maydonga tushib, bor yo‘g‘i ikkita gol urgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:05, 13.09.2017.
O'qildi: 13961 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик