Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yevropa Ligasi. Bugun «Milan», «Arsenal» va «Zenit» o‘ynaydi

Yevropa Ligasi. Bugun «Milan», «Arsenal» va «Zenit» o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa Ligasiga start beriladi. Bu turnirning xurmati baland, «Manchester Yunayted» muxlislari buni tasdiqlashlari mumkin. Axir aynan mana shu turnirdagi g‘alaba yakunda Joze Mourinyoni tanqidlardan asrab qoldi, yozgi transfer bozoriga ta’sir o‘tkazdi va hokazo. 

Bugun boshlanayotgan navbatdagi mavsumda ham, aynan YECHL yo‘llanmasini ham ko‘nglining bir chekkasiga qo‘yib, poygani boshlayotgan jamoalar bor: «Milan», «Arsenal», «Everton», «Lasio», «Vilyarreal» va boshqalar shular jumlasidan. E’tiboringizga bugun ko‘rish shart bo‘lgan 5 uchrashuvni taqdim etamiz. Albatta, didga qarab, boshqa o‘yinlar ham bor. 

ATALANTA – EVERTON (22:00, Match! Futbol 1)
Yevropa Ligasi guruhlari ichida e’tibor qaratishga molik guruhlardan biri. Sababi, bu guruhdagi to‘rt jamoaning uchtasi kuchli beshlik chempionati vakillaridir. Yozda bir qator e’tiborli xaridlarni amalga oshirgan inglizlar rivojlanish yo‘lida keyingi bosqichga qadam tashlashlari uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi kerak bo‘lib turibdi. APLdagi raqobatdan kelib chiqib, liverpulliklar bu turnirga ham kattaroq e’tibor qaratishlari haqiqatga yaqin. 

«Atalanta» – A Seriyaning chaqilmas yong‘oqlaridan biri. 27 yillik tanaffusdan so‘ng, yevrokuboklarga qaytish mezbonlar uchun alohida bayram bo‘lsa kerak. 

HERTA – ATLETIK (23:59, Match! Futbol 3)

Kuchli beshlik chempionatlari vakillaridan tashkil topgan yana bir juftlik.  Har ikki jamoa ham o‘z chempionatlarini yomon boshlashmadi. Mezbonlar tarkibida yangi yulduz Metyu Lekkiga alohida e’tibor qaratishingizni tavsiya qilamiz – avstraliyalik yarim himoyachi yangi jamoada ham o‘zini ko‘rsatishni boshladi va uch o‘yinda uchta gol urishga ham ulgurdi. 

Ushbu guruhdan Ukraina va Shvesiya vakillari o‘rin olganlar. «Herta» va «Atletik»ni bemalol guruh favoritlari sifatida qayd etish mumkin. 

ARSENAL – KYOLN (23:59, Match! Futbol 1)
«Arsenal» bu turnir uchun yarashmay turgan bo‘lsa-da, aslida u qadar begona emas. 1999/00 yilgi mavsum UYEFA kubogi finalida Venger shogirdlari «Galatasaroy»ga qarshi maydonga tushib, mag‘lubiyatga uchragandi. Shundan beri YECHLda muntazam ishtirok etib kelgan londonliklar bu mavsum Yevropa Ligasida g‘olib chiqishga harakat qilib ko‘rishadi. 

Umuman olganda, Angliyada 6-7ta top klublarning hosil bo‘layotganini e’tiborga olsak, har yili Yevropa Ligasi mavsumida mana shunday jamoalarni ko‘rishga o‘rganib qolsak kerak. 

Xabarlarga qaraganda, Arsen Venger bir necha yetakchi futbolchilarga dam berdi – O‘zil, Lyakazet, Chaka, Chex, Kosyelni, Uelbek kabi futbolchilar bugun maydonga tushishmaydi. Lekin ularsiz ham «Arsenal» kuchli tarkib xosil qilishi shubhasiz – Uolkott, Sanches, Jiru va boshqalar har qanday musobaqani bezay olishadi. 

«Kyoln» esa Bundesligani yaxshi boshlamadi – 3 o‘yin va 3 mag‘lubiyat. 

Aytgancha, bu jamoalar 4 yil oldin mavsumoldi tayyorgarlik turnirida to‘qnash kelgandi va «Arsenal» 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 

AUSTRIYA – MILAN (22:00, Match! Futbol 2)
Milanliklarning hech bo‘lmasa Yevropa Ligasiga qaytganliklari yaxshi voqea. Ikki yuz million yevroga deyarli butun bir tarkibni xarid qilgan «Milan» saralash o‘yinlarini ham, A Seriyadagi ilk turlarni ham kuchli boshlashdi. 

Faqatgina so‘nggi turdagi Rimdagi mag‘lubiyat (Lasio – 1:4) ko‘tarinki kayfiyatga biroz soya soldi. Montella shogirdlari aynan o‘sha mag‘lubiyatning ham tasodif ekanini isbotlash, ham muxlislar oldida ayblarini yuvish uchun bugun g‘alaba qozonishlari kerak bo‘ladi. 

KOPENHAGEN – LOKOMOTIV (22:00, Match TV)
Yevropa uchun bu afisha oddiy ko‘rinadi, ammo biz uchun hamyurtimizni yevrokuboklardagi o‘yinlarini ko‘rish uchun imkoniyatdir. 

So‘nggi turda jamoasiga yordam bera olmagan Vitaliy Denisov jamoasi bilan birga Kopenhagenga uchib ketdi va katta ehtimol bilan asosiy tarkibda harakat qiladi. 

Chexiya, Moldova va Daniya vakillari o‘rin olgan bu guruhda «Lokomotiv» yaqqol favoritdek ko‘rinishi mumkin, ammo «Kopenhagen»da ECHL tajribasi borligini ham unutmaslik kerak.

Qolgan uchrashuvlar

Yevropa ligasi, 1-tur
22:00da boshlanadigan uchrashuvlar
Vilyarreal - Astana (Match! Nash Sport)
Fastav - Sherif
Apollon - Lion
Riyeka - AYEK Afina
Istanbul BB - Ludogores
Hoffenhaym - Braga (Match! Futbol 3)
Yang Boyz - Partizan
Dinamo Kiyev - Skenderbeu (Match! Arena)
Slaviya P - Makkabi T-A

23:59da boshlanadigan uchrashuvlar

Real Sosyedad - Rusenborg (Match! Arena)
Zyulte-Varegem - Nissa
Vitess - Lasio (Match! Futbol 2)
Zarya - Estersund
Vardar - Zenit (Match TV)
Styaua - Viktoriya Plzen
Xapoel B-SH - Lugano
Vitoriya Gimarayesh - Red Bull
Marsel - Konyaspor
Srvena Zvezda - BATE (Match! Nash Sport)

Manba: kun.uz
Kiritildi: 19:24, 14.09.2017.
O'qildi: 5467 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.