Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Barcha umid endi Umid Ahmadjonovdan

Barcha umid endi Umid Ahmadjonovdan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasiga yangi rahbariyat tayinlandi. Yo‘q, saylandi.

Albatta, saylanadi, axir ataylab hisobot va saylov konferen-siyasi bo‘lib o‘tdi. O‘sha tadbirda o‘zim ham ishtirok etdim va menga eng yoqqan gap Mirabror Usmonov tomonidan aytildi.

Sobiq prezident hammadan so‘ng so‘z oldi va shunday dedi: «Shu vaqtga qadar yutuqlar haqida juda ko‘p gapirildi, ammo biror kishi muammolar haqida so‘z ochmadi.

Rosa kutdim, lekin hech kim eslamadi ham. Tanqidlarni unutib qo‘ymaylik. Bizning xatolarimizni faqat u to‘g‘rilaydi...»

Mirabror Usmonov O‘FF prezidentligidan ketdi. U 12 yil davomida tashkilotni boshqardi va darhaqiqat, ko‘p yutuqlarga erishdi.

Ammo yo‘l qo‘yilgan xatolar ham bir talay. Hozir ularni bir-bir eslab, muhokama qilmoqchi emasmiz. Zotan, endi bunga hojat ham yo‘q.

Biz shunchaki, federasiyaning yangi rahbariyati o‘sha xatolarni takrorlamasligini istaymiz, xolos. Xo‘sh, yangilangan O‘FF qaysi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim?

MURABBIY

Eng avvalo, O‘zbekiston terma jamoa­siga munosib murabbiy tayinlashni o‘rganib olishsa yaxshi bo‘lardi. Biz 2006 yildan buyon uch marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘ldan boy berdik. Va yana uch marta Olimpiadadan mahrum bo‘ldik.

Yomon tomoni shundaki, har safar bir xil xato takrorlandi. O‘tkazilgan saralash musobaqalarida tarkib jihatidan terma jamoani kuchsiz, deb aytmagan bo‘lardik. Ammo har safar murabbiy yo‘l qo‘ygan xatolar pand berdi. Va har safar yana va yana mahalliy mutaxassis tayinlandi. Uning esa o‘zi yoqtirgan futbolchilari bor.

Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining taqdiri ham milliy termaniki bilan tutash bo‘ldi. Chunki MTJni kim boshqargan bo‘lsa, oxir-oqibat aynan unga OTJ ham ishonib topshirildi.

Avval Vadim Abramov, keyin esa Samvel Babayan Olimpiada yo‘llanmasini ko‘kka sovurishdi. Mirjalol Qosimovning esa Osiyo o‘yinlarida ishtirok etganini eslash ham kifoya qilsa kerak. Muammolarimiz buning ortidan ko‘paysa ko‘paydiki, aslo kamaygani yo‘q.

PFL

Oxirgi yillarda O‘FF tomonidan amalga oshirilgan tashabbuslardan biri - professional futbol ligasi tashkil etilishi bo‘ldi. Albatta, FIFA tomonidan qo‘yilgan talabning ahamiyatini ham unutib qo‘ymaslik lozim.

Ammo O‘FFning bitta bo‘limini shunchaki PFL deb atab qo‘yish bilan ish bitmas ekan. «Professional» so‘zining yuki og‘ir bo‘ladi. Ammo ming afsuski, bizning PFL hozirga qadar ham bu yukni his etganicha yo‘q.

Muxlislar uchun noqulay vaqtga belgilangan o‘yinlar, hadeganda o‘zgaraveradigan «tovussifat» taqvim va boshqa muammolar sabab stadionlarimiz ancha huvillab qolgan. So‘nggi yillarda oliy ligada kurash oshgan bo‘lsa, oshgandir. Ammo muxlis kelmagandan keyin, bu kurashdan qanday naf?

KELISHILGAN O‘YINLAR

Kelishilgan o‘yinlar balosi bir bizda emas, butun dunyoda bor. Eng yorqin misol - Italiya va Turkiya chempionatlari. Biroq hamma gap shundaki, Italiyada ham, Turkiyada ham har yili qaysidir o‘yin fosh etiladi va aybdorlar jazolanadi. Bizda esa yo‘q.

Oliy ligada kelishilgan o‘yinlar bor. Buni O‘FFning sobiq prezidenti Mirabror Usmonov ham tasdiqlagan. «Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qo‘mitasi» tashkil etilishiga sabab ham shunda. Bu gaplarga ham uch yil bo‘lyapti.

Ammo qo‘mita hali birorta kelishilgan o‘yinni fosh etmadi. Kelishilgan o‘yinda ishtirok etish, bu - jinoyat degani. Uni fosh etish uchun esa katta kuch kerak. Ammo «Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qo‘mitasi» bunga tayyormi? Qiyin savol...

YECHIM

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 14:13, 16.09.2017.
O'qildi: 4101 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.