Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Navbahor» - «Metallurg» uchrashuviga oid faktlar

«Navbahor» - «Metallurg» uchrashuviga oid faktlar

Baho:
+ | -

Bugun oliy ligada 21-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. "Navbahor" bu turda Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. "Metallurg"ga qarshi o‘yin soat 18.00da Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda boshlanadi.

21-tur kecha "Bunyodkor" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvi orqali start olgandi.

Namanganda o‘tadigan uchrashuvga "Navbahor" va "Metallurg" jamoalari munosib tarzda hozirlik ko‘rishdi. Jamoamiz o‘yindan oldingi rasmiy mashg‘ulotni kecha kunning birinchi yarmida o‘tkazgan bo‘lsa "Metallurg" futbolchilari kechki payt "Markaziy" o‘yingohda tashkil etilgan mashg‘ulotda qatnashishdi.

Bugungi uchrashuv oldidan jamoamiz tarkibida yo‘qotish yo‘q. Bekobodliklar futbolchisi Doniyor Odilov sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetganligi sababli 21-turni o‘tkazib yuboradi.

Raqiblar O‘zbekiston chempionatlarining oliy ligasida o‘zaro 39 marta kuch sinashishgan. 18 uchrashuvda futbolchilarimiz g‘alabani tantana qilishgan. “Metallurg”ning g‘alabalari soni esa 11 tani tashkil etmoqda. O‘nta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 58-48, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiliklaridagi eng yirik hisob 2003 yili qayd etilgan. O‘shanda jamoamiz “Metallurg”dan 7:0 hisobida ustun kelgan. Yana uchta uchrashuvda “Navbahor” 3:0 natija bilan zafar quchgan. “Metallurg” ham ikki bor futbolchilarimizni yirik hisobda mag‘lub etgan. 2000 yili Bekobodda ikkinchi tarkib bilan maydonga tushgan jamoamiz raqibga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2016 mavsum yakunida Bekoboddagi “Metallurg” o‘yingohidagi uchrashuvda esa mezbonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Joriy yilgi chempionat birinchi davrasida Bekobodda o‘tgan o‘yinda hisob ochilmagandi.

Namanganda o‘tgan 19 ta uchrashuvda “Navbahor” 15 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Uchta o‘yinda kuchlar teng kelgan bo‘lsa “Metallurg” bir marta Namangandan uch ochko bilan qaytgan. Bekobodliklar yagona g‘alabani 2016 yilgi mavsumda nishonlashgan. O‘yinlarda futbolchilarimiz raqib darvozasiga 41 ta to‘p kiritishgan bo‘lsa “Metallurg” Namanganda 10 ta gol urgan.

Bugungi uchrashuvni boshqarib boradigan Aziz Asimov joriy yilgi chempionatda ikkinchi bor "Navbahor" ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi.

Asimov bunga qadar birinchi davradan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" uchrashuvini boshqargandi. Jizzaxdagi o‘yinda "Navbahor" 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Jizzaxdagi uchrashuvda har ikki jamoadan ikki nafardan futbolchini ogohlantirgan Asimovning xatti-harakatlari nazoratchi tomonidan 8,6 balga baholangandi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:59, 16.09.2017.
O'qildi: 3000 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.