Fransiyaning "Nant" klubi bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri muxlislarni sabr qilishga chaqirdi.
So‘nggi turda, jamoa "Kan" klubini 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa jadvalida 6-o‘ringa chiqib oldi.
"Muxlislardan sabrli bo‘lishni so‘rayman. Agar yaxshi o‘yin namoyish qilib, ketma-ket yutqazsangiz, yana yaxshi o‘yin namoyish qilish qiyin bo‘ladi. Men italiyalikman, demak 1:0 hisobi meni qoniqtiradi. Hamma futbolchi yaxshi o‘ynadi. Muhimi sarosimaga tushmasdan, gol urish uchun qulay vaziyatni kutish" - dedi Ranyeri Le Figaro xabarida.