Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Real» o‘z hujumchisini Italiya klubiga sotishga tayyor, ammo bir shart bilan

«Real» o‘z hujumchisini Italiya klubiga sotishga tayyor, ammo bir shart bilan

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Sky Sports nashrining xabariga ko‘ra, «Yuventus» forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi futbolchining transferi uchun 25 milliondan 30 million yevrogacha to‘lashga tayyor.

«Qaymoqranglilar» o‘z o‘yinchisini sotishga qarshi emas, biroq kelishuvga uni qayta sotib olish huquqini beruvchi bandni kiritmoqchi. Gonsalo Garsiya «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Garsiyaning narxini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:06, 03.05.2026.
O'qildi: 3450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик