Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

«Barsa»ning Reshford bo‘yicha rejasi ma’lum bo‘ldi

«Barsa»ning Reshford bo‘yicha rejasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Vinger Markus Reshford joriy mavsum yakunlanganidan keyin ham «Barselona»da qolishi mumkin. Kataloniya klubi ingliz futbolchisini mavsum oxirigacha «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi. Transfer huquqini to‘liq sotib olish bo‘yicha haligacha kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, «ko‘k-anorranglilar» 28 yoshli futbolchini yana kamida bir yil o‘z safida saqlab qolmoqchi.

Taniqli jurnalist Xerard Romeroning ma’lumotlariga ko‘ra, «Barsa» o‘yinchining ijara muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Hozircha bu variant «qizil iblislar»ni qay darajada qoniqtirishi noma’lum.

Shanba kuni Markus Reshford Xans-Diter Flik jamoasiga «Osasuna»ni mag‘lub etishda (2:1) yordam berdi — u Robert Levandovski tomonidan kiritilgan golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 13:23, 03.05.2026.
O'qildi: 4678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик