Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

8 millionga qaytarib, 65 millionga sotish? Romano «Real»ning Pas borasidagi rejalarini ochiqladi

8 millionga qaytarib, 65 millionga sotish? Romano «Real»ning Pas borasidagi rejalarini ochiqladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Nikolas Pasni «Komo»dan qaytarishni rejalashtirmoqda, biroq vaziyat hozircha noaniqligicha qolmoqda. «Qaymoqranglilar» kelayotgan yozda o‘z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish huquqini faollashtirish borasida qat’iy qarorga kelishgan — futbolchi bilan shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan.

Shu bilan birga, insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, ko‘p narsa futbolchining yangi murabbiyga kerak bo‘lish-bo‘lmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni damda «Real» Pasni asosiy tarkibda sinab ko‘rmoqchi, ammo keyingi murabbiy boshqa futbolchilarga ishonishni ma’qul ko‘rsa, bu pozisiya o‘zgarishi mumkin. Bunday holatda Pasning sotib yuborilishi ehtimoli juda yuqori — bu safar ancha qimmatroq narxga.

Eslatib o‘tamiz, qayta sotib olish bandi «Real»ga 21 yoshli hujumkor yarim himoyachini 8 million yevro evaziga qaytarish imkonini beradi. Transfermarkt portali esa xavbekning bozor qiymatini 65 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 10:53, 03.05.2026.
O'qildi: 2974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик