Avvalroq Osiyoda to‘p surayotgan futbolchilar va ularning top-5 chempionatlarda ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yinlari haqida ma’lumot berishni boshlaganimizga ham salkam 2 yil bo‘lib qoldi.
«Lester» vakili Shinji Okazakining APLda urgan gollari o‘ta qimmatli bo‘layotganligi, bundesligadagi yaponlar ham bo‘sh o‘tirmaganligi, xitoylik futbolchilarning Portugaliya va Germaniya tomon intilayotganligi ushbu mavzuga yana qaytishimizga undadi.
Bundan tashqari, Qatarning Belgiya futboliga bo‘lgan qiziqishiga ham alohida to‘xtalamiz. O‘z-o‘zidan tushunarliki, bu safar chempionatlar geografiyasini yanada kengaytiramiz.
E’tirof
Quyida kuchli beshta chempionatda o‘z klubini almashtirgan yoki Yevropaga yangi kelgan hamda porlashi kutilayotgan ayrim osiyolik futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz. E’tirofimiz reyting va bonus («kelajak umidi») ko‘rinishida bo‘ladi.
Takuma Asano. Yevropadagi oldingi klubi: «Arsenal» (London). Huquqiy jihatdan shu klubga tegishli. Raqami: 11. Terma jamoasi: Yaponiya. Ilk professional klubi: «Sanfrechche Xirosima». 1994 yil 10 noyabrda tug‘ilgan. Terma jamoa safida 7 o‘yinda 2ta gol urgan.
O‘tgan mavsumda quyi bundesligada «Shtutgart» safida o‘ynadi va asosiy bundesligaga qaytdi. Joriy mavsum bosh murabbiy Xannes Volf undan asosan markaziy yarim himoyachi sifatida foydalanyapti. Ayni payt uning jamoasi turnir jadvalida 10-o‘rinda boryapti.
Yuning Jan. Yevropadagi oldingi klubi: «Vitess» (Gollandiya). Huquqiy jihatdan «Vest Bromvich»ga tegishli. Terma jamoasi: Xitoy. Ilk professional klubi: «Xangjou Grintaun». 1997 yil 5 yanvarda tug‘ilgan. Terma jamoadagi debyuti: 2016 yil 3 iyun, Trinidad va Tobagoga qarshi bahsda. Terma jamoa safida ilk o‘yinda «dubl»ga erishgandan beri boshqa gol urolmadi.
O‘tgan mavsum bu hujumchi «Vitess» safida 24ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urdi. 2017 yil 3 iyulda Angliyaning «Vest Bromvich» klubi uni xarid qildi va «Verder»ga ijaraga berib yubordi. Transfer summasi oshkor qilinmadi. Nemis klubida u raqobatchisi Maks Kruzedan mahorat sirlarini olishi kerak.
Aaron Frank Muy. Joriy mavsum: 4 o‘yin, 1ta gol. Terma jamoasi: Avstraliya. Ilk professional klubi: «Bolton Uonderers». Terma jamoadagi debyuti: 2012 yil 7 dekabr, Guamga qarshi bahsda. Klubdagi raqami: 10. 1992 yil 8 iyulda Sidney shahrida tug‘ilgan.
«Xaddersfild»dan oldin Angliyada ikki klub - «Bolton» va «Manchester Siti» tarkibida bo‘lgan, lekin o‘yinlarda ishtirok etmagan. Qisqacha qilib aytsak, u o‘zining yulduzli davrlarini salkam 7 yil kutgan. 2017 yil 30 iyunga kelib bonuslar bilan 10 mln. funtni tashkil etuvchi transfer amalga oshdi. Ya’ni «Manchester Siti» uni premyer-liga debyutantiga pullab yubordi.
Uning o‘yinlari markazda raqibni munosib kutib olish va raqib hujumlarini rivojlantirishga yo‘l bermaslikdan iborat. Aslida, unda Gollandiya pasporti ham bor edi, chunki otasi nemis, onasi golland. Demak, Muy bir paytning o‘zida uchta terma jamoani (Avstraliya, Gollandiya va Germaniya) tanlash imkoniga ega bo‘lgan.
QATAR EKSPANSIYASI
Belgiyaning «Eypen» klubi 1945 yilda tashkil topgan. Bugun u nega e’tibor markazida? Ayni payt Qatar moliyaviy guruhlarining bevosita mazkur klubni o‘z boshqaruviga olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Aks holda, jahon chempionati saralashi oldidan birdaniga terma jamoaning 4 futbolchisi (Abdulkarim Hassan, Akram Afif, Fahad al Abdulrahmon Assim Madibo) ushbu jamoa tarkibidan o‘rin olishiga qanday izoh berish kerak?
Shuningdek, Qatar futboli umidi deya baholanayotgan Akram Afifning ham mazkur klubga o‘tishi qiziqishni yanada oshiradi. Demak, qatarliklar Fransiya chempionati bilan qoniqmay, Belgiya futboliga ham «ko‘z olaytirgan» ko‘rinadilar.
YAGONA JADVAL
«Xaddersfild Taun» vakili Aaron Muy siymosida Angliya futbolida Avstraliyaning yana bir ajoyib pleymeykeri yuzaga chiqayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Demak, Avstraliya vakillari Angliyada o‘z o‘rinlariga ega chiqishda davom etadilar. Negadir Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliyadan boshqa Osiyo yurtlaridan bu chempionatga hech kim kela olmayapti.
Germaniyada esa hali-hamon J.Koreya va Yaponiyadan kelgan futbolchilar to‘p surishmoqda. Bunga sabab nafaqat marketing, balki bu o‘yinchilarning sport formasini muntazam yuqori darajada ushlab turishga bo‘lgan intilishidir. Tez orada bu mamlakatlar safiga Iroq va Eron qo‘shilsa, ajablanmasdik. Aynan ushbu mamlakatlardagi bundesliga shuhratini yoyish maqsadi ko‘plab futbolchilar taklif etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ispaniya La ligasi hamon osiyoliklar uchun begonadek. Bir paytlari Ma’sud Shojai kabilar o‘ynaganda «Osasuna» shijoati hammani hayron qoldirardi. Lekin so‘nggi paytlarda bu chempionatda o‘rtamiyona afrikaliklar va janubiy amerikaliklar ko‘payib ketgani bois osiyolik futbolchilarga non topilmayapti. Ustiga-ustak, til muammosi ham bor.
Ketganlar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, Keysuke Xondaning Meksika chempionati vakili «Pachuka» safiga qo‘shilgani «Inter» - «Milan» to‘qnashuvini endi kutmasligimizga undayapti. Chunki Yuto Nagatomoga qarshi boshqa yapon «Milan» safida o‘ynamaydi. Bundan tashqari, kamida 4-5 nafar yapon futbolchisi top-5 chempionatlaridan o‘z vatanlariga qaytishdi.
2017|2018 yillar mavsumi uchun Yevropadagi 8 chempionat ishtirokchilari tomonidan ro‘yxatga kiritilgan osiyolik futbolchilarga oid ma’lumotlar
T|r. |
Futbolchi |
Klubi |
Tug‘ilgan sanasi |
Fuqaroligi |
ANGLIYA PREMYER-LIGASI |
||||
1 |
Adam Federichi |
«Bornmut» |
31.01.1985 |
Avstraliya |
2 |
Shinji Okazaki |
«Lester Siti» |
16.04.1986 |
Yaponiya |
3 |
Li Chung Yong |
«Kristal Pelas» |
02.07.1988 |
J.Koreya |
4 |
Maya Yoshida |
«Sautgempton» |
24.08.1988 |
Yaponiya |
5 |
Ki Sun Yon |
«Suonsi» |
24.01.1989 |
J.Koreya |
6 |
Aaron Muy |
«Xaddersfild Taun» |
15.09.1990 |
Avstraliya |
7 |
Mark Birigitti |
«Suonsi» |
17.04.1991 |
Avstraliya |
8 |
Mettyu Rayan |
«Brayton» |
08.04.1992 |
Avstraliya |
9 |
Son Xyun Min |
«Tottenxem» |
08.07.1992 |
J.Koreya |
10 |
Bred Smit |
«Bornmut» |
09.04.1994 |
Avstraliya |
GERMANIYA BUNDESLIGASI |
||||
1 |
Makoto Xasebe |
«Ayntraxt» (F) |
18.01.1984 |
Yaponiya |
2 |
Mitchell Langerak |
«Shtutgart» |
22.08.1988 |
Avstraliya |
3 |
Ku Ja Chol |
«Augsburg» |
27.02.1989 |
J.Koreya |
4 |
Shinji Kagava |
«Borussiya» (D) |
17.03.1989 |
Yaponiya |
5 |
Yuya Osako |
«Kyoln» |
18.05.1990 |
Yaponiya |
6 |
Gotoku Sakai |
«Gamburg» |
14.03.1991 |
Yaponiya |
7 |
Genki Xaraguti |
«Gerta» |
09.05.1991 |
Yaponiya |
8 |
Ji Dong Von |
«Augsburg» |
28.05.1991 |
J.Koreya |
9 |
Takasi Usami |
«Augsburg» |
06.05.1992 |
Yaponiya |
10 |
Yosinori Muto |
«Mayns» |
15.07.1992 |
Yaponiya |
11 |
Takuma Asano |
«Shtutgart» |
10.10.1994 |
Yaponiya |
12 |
So Yun Chje |
«Gamburg» |
23.05.1995 |
J.Koreya |
13 |
Daiti Kamada |
«Ayntraxt» (F) |
05.08.1996 |
Yaponiya |
14 |
Yuning Jan |
«Verder» |
05.01.1997 |
Xitoy |
ISPANIYA LALIGASI |
||||
1 |
Takasi Inui |
«Eybar» |
02.06.1988 |
Yaponiya |
2 |
Gaku Shibasaki |
«Xetafe» |
28.05.1992 |
Yaponiya |
ITALIYA «A» SERIYASI |
||||
1 |
Yuto Nagatomo |
«Inter» |
12.09.1986 |
Yaponiya |
2 |
Ali Adnan Kozim |
«Udineze» |
19.12.1993 |
Iroq |
FRANSIYA LIGA-1 |
||||
1 |
Eyji Kavashima |
«Mes» |
20.03.1983 |
Yaponiya |
2 |
Billi Ketkeofomfone |
«Anje» |
24.03.1990 |
Laos |
3 |
Xiroki Sakai |
«Marsel» |
12.04.1990 |
Yaponiya |
4 |
Kvon Chxan Xun |
«Dijon» |
30.06.1994 |
Koreya |
GOLLANDIYA EREDIVIZIONI |
||||
1 |
Bred Jons |
«Feyenoord» |
19.03.1982 |
Avstraliya |
2 |
Rizo G‘uchannajod |
«Xerenven» |
20.09.1987 |
Eron |
3 |
Kreyg Gudvin |
«Sparta» (R) |
16.12.1991 |
Avstraliya |
4 |
Yuki Kobayashi |
«Xerenven» |
24.04.1992 |
Yaponiya |
5 |
Kennett Duggal |
«Sparta» (R) |
07.05.1993 |
Avstraliya |
6 |
Alirizo Jahonbaxsh |
«AZ Alkmaar» |
08.10.1993 |
Eron |
7 |
Muhammad Usmon |
«Vitess» |
01.01.1994 |
Suriya |
8 |
Ritsu Don |
«Groningen» |
16.06.1998 |
Yaponiya |
9 |
Dilian Rayan |
«Villem II» |
10.06.2000 |
Avstraliya |
PORTUGALIYA CHEMPIONATI |
||||
1 |
Fulang |
«Boavishta» |
17.12.1990 |
Xitoy |
2 |
Amir Obidzoda |
«Maritimu» |
26.04.1993 |
Eron |
3 |
Teo Kamekura |
«Portimonensi» |
31.07.1995 |
Yaponiya |
ROSSIYA PREMYER-LIGASI |
||||
1 |
Vitaliy Denisov |
«Lokomotiv» |
23.02.1987 |
O‘zbekiston |
2 |
Vadim Afonin |
«Anji» |
29.09.1987 |
O‘zbekiston |
3 |
Vagiz Galiulin |
«Tosno» |
10.10.1987 |
O‘zbekiston |
4 |
Eldor Shomurodov |
«Rostov» |
29.06.1995 |
O‘zbekiston |
5 |
Milad Muhammadi |
«Ahmat» |
29.03.1993 |
Eron |
6 |
Sardor Azmun |
«Rubin» |
01.01.1995 |
Eron |
7 |
Said Izzatullohi |
«Rostov» |
01.10.1996 |
Eron |