Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

JFL - Germaniya uslubidagi maktab. U qanday ishlaydi?

JFL - Germaniya uslubidagi maktab. U qanday ishlaydi?

Baho:
+ | -

Germaniya futboli qo‘lga kiritayotgan yutuqlarga butun dunyo havas bilan qaraydi. Shu jumladan biz ham...

O‘zbek futbolida Manuel Noyer, Tomas Myuller, Mesut O‘zil va Marko Roys kabi iqtidorlar yetishib chiqishini barchamiz istaymiz. Germaniya futbolining yutug‘i shundaki, bu o‘lkada bolalar futboli to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Yaqinda ish boshlaydigan JFL in Tashkent maktabi aynan nemis futboli andozalari ostida ish yuritadi. Bu qanday bo‘ladi.

 

 

Futbol maktabida asosiy e’tibor mashg‘ulotlar bilan birga bolalarning maktab darslarini o‘zlashtirib borishiga ham qaratiladi. JFL in Tashkent'da futbol mashg‘ulotlari haftasiga uch marta o‘tkazilsa, yana ikki kun suzish va ingliz tili darslariga ajratiladi. Maktab ixtiyoriga kelgan bolalar eng avvalo malakali metodistlar qo‘l ostida maktab darslarini bajaradi va shundan so‘ng futbol, suzish yoki ingliz tili mashg‘ulotlariga kirishiladi.

 

 

Bolalar ingliz tili darslarini o‘zlashtirishda futbol muhitidan chiqib ketmasliklari uchun mana bunday sharoitlar yaratilgan. Dars davomida turli innovasion texnologiyalardan foydalaniladi. JFL in Tashkent uchun O‘quvchilar maktab darslari va ingliz tilini o‘zlashtirishi futbol mashg‘ulotidan kam ahamiyat kasb etmaydi.

 

 

Futbol mashg‘ulotlari ob-havo va boshqa sharoitlardan kelib chiqib sun’iy yoki tabiiy maydonda o‘tkazilishi mumkin. Murabbiylar to‘liq nemis maktabi uslubida mashg‘ulot o‘taydi va har bir bola bo‘yicha alohida hisobot tayyorlab boradi. Ushbu hisobot bilan ota-onalar JFL in Tashkent saytidagi personal kabinet orqali tanishib borishlari mumkin.

 

 

Maktab faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng JFL in Tashkent jamoasi Toshkent shahar birinchiligida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Jamoa bahslari ushbu stadionda o‘tkaziladi va ota-onalar farzandlari o‘yinini kuzatib borishlari mumkin.

JFL in Tashkent maktabining ochilish marosimi 2 oktyabrda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Dastlabki ramziy mashg‘ulotni esa o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov o‘tkazishi rejalashtirilgan. Guruhlar takomillishtirib olingandan so‘ng Germaniyadan murabbiylar tashrif buyuradi va JFL in Tashkent'da amaliyot o‘taydi.

Ayni vaqtda guruhlarga qabul davom etmoqda. Murojaat uchun telefon: +99890 9999890, +99895 1959890

Manba: www.jfl-tashkent.uz
Kiritildi: 18:04, 19.09.2017.
O'qildi: 3996 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.