"Inter"ning sobiq rahbari Massimo Moratti jamoaga qaytmoqchi emasligini aytdi.
Ayni paytda, klubga prezidentlik qilayotgan indoneziyalik tadbirkor Erik Toxir 31% aksiyani Morattiga bermoqchi edi. Ammo u taklifni rad qildi.
"O‘zim sotgan aksiyalarni nega endi qaytarib olishim kerak? Ayni paytda klubga qaytmoqchi emasman" - dedi Moratti.
Eslatib o‘tamiz, Moratti 2013 yilda klub aksiyalarini Toxirga sotgan edi.