Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbek kurashida yurtdoshlarimiz Osiyo o‘yinlarida zafar quchdi

O‘zbek kurashida yurtdoshlarimiz Osiyo o‘yinlarida zafar quchdi

Baho:
+ | -

Yopiq inshootlardagi va jang san’ati bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha musobaqa diqqat markazimizda bo‘ldi. Vakillarimiz ishonchni oqlashdi deb aytsak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

70 kilogrammgacha vazn toifasida Gavhar Xudoyqulova yarim finalda jarohat oldi va bellashuvni tugata olmay bronza medali bilan qanoatlanishga majbur bo‘ldi. Yana uchta finalda o‘zbekistonlik sportchilar raqiblarini yengib, chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.

73 kilogrammgacha vazn toifasida Davlat Abrayev tojikistonlik Behruzi Xo‘jazodani mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal bilan taqdirlandi.

81 kilogrammgacha vazn toifasida Kamoliddin Rasulov raqibi Xitoy Taypeyi jamoasi a’zosi Chun Ta Xuangga imkon qoldirmadi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ayollar musobaqalarining78 kilogrammgacha vazn toifasida Kumush Yuldashova ham Xitoy Taypeyidan kelgan Chia Jing Kao bilan gilamga chiqdi. Dastlabki soniyalardan tashabbusni qo‘lga olgan hamyurtimiz muddatidan avval zafar quchib, chempionga aylandi. Kumushning oltini delegasiyamizning 10-oltin medaliga aylangani e’tiborga loyiq.

Og‘ir atletikachilar musobaqasida yana kumush medallik bo‘ldik. 77 kilogrammgacha vazn toifasida Shahzod Xudoyberganov 8ta raqibini ortda qoldirishga erishdi.

Dast ko‘tarishda 155 kg, siltab ko‘tarishda 187 kg, ikki mashq yakuniga ko‘ra 342 kg natija bilan Shahzod ikkinchi o‘rinni egalladi.

Taekvondo ustalarining 68 kilogrammgacha vazn toifasida Shuhrat Salayev dastlabki janglarni ishonchli o‘tkazdi, lekin yarim finalda Janubiy Koreya vakili Kangeun Seoga 11:19 hisobida imkoniyatni boy berib, bronza medali egasiga aylandi.

Shu kuni futzal turnirida guruh bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy termasi bilan 4:4 hisobida durang o‘ynadi. Guruhda Afg‘onistondan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan yurtdoshlarimiz chorakfinalda o‘yinlar mezboni Vyetnam termasiga qarshi bahs olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu juftlikda zafar quchgan terma jamoa yarim finalda Yaponiya-Iordaniya juftligi g‘olibi bilan finalga chiqish uchun o‘ynaydi.

3x3 basketbolda ham erkaklar guruh bosqichini yakunlashdi. Terma jamoamiz hal qiluvchi uchrashuvda Qirg‘iziston vakillariga yutqazib qo‘yishdi va o‘yinlar bilan xayrlashishdi. Endi bu maydonda navbat qizlarga kelmoqda.

Tennischi yigitlarimiz ishonchni oqlashmoqda. Sanjar Fayziyev eronlik Amirvala Ma’danchi bilan uchrashuvda qiyinchiliksiz zafar quchdi – 6:2, 6:0. Farrux Do‘stov /Sanjar Fayziyev juftligi pokistonlik raqiblari bilan uchrashuvda juda osonlik bilan g‘alaba qozonishdi – 6:1, 6:1. Chinakamiga kuch sarflab ulgurmagan vakillarimiz hakamning ijozati bilan kortda o‘yindan so‘ng qo‘shimcha mashq qilishga qolishdi.

Ayollar musobaqasida esa biznikilardan omad yuz o‘girmoqda. 18 yoshli Yuliya Kim qozog‘istonlik Aleksandra Grinchishina bilan uchrashuvning birinchi setida 6:0 hisobida ustun keldi. Lekin raqibasi o‘yinda burilish yasashga muvaffaq bo‘ldi va uch partiyada g‘alabani rasmiylashtirdi. Yuliya Kim 16 yoshli Yasmina Karimjonova bilan juftlikda filippinlik raqibalaridan 4:6, 3:6 hisobida yengildi.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi umumiy jadvalda 10 ta oltin medal bilan to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi. O‘z navbatida, terma jamoamiz jami medallar soni bo‘yicha mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda (10 oltin, 17 kumush, 42 bronza – jami 69 medal). Umumjamoa hisobida Turkmaniston terma jamoasi yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Mezbonlar hisobida 59 ta oltin medal bor.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:29, 22.09.2017.
O'qildi: 4106 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.