Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Tottenhem» tarixiy natija qayd etdi

«Tottenhem» tarixiy natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda «Vest Hem» o‘z uyida «Tottenhem»ni qabul qildi.

Harri Keynning dubli va Kristian Eriksenning gollari evaziga mehmonlar yirik hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda «Vest Hem» o‘ziga keldi. Avvaliga Xavyer Ernandes hisobni qisqartirdi. 70-daqiqada «shporlar» himoyachisi Serj Orye qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 87-daqiqada esa Sheyk Kuyyate farqni yana bittaga qisqartirdi, ammo buyog‘iga mezbonlarning kuchi yetmadi.

Natijada «Tottenhem» premyer-liga tarixida ilk marta mavsumni ketma-ket uchta mehmondagi g‘alaba bilan boshladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Tottenhem» (11 ochko) APL turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Vest Hem» esa (4 ochko) 17-pog‘onada bormoqda.

Angliya premyer-ligasi, 6-tur

Vest Hem – Tottenhem 2:3 (0:2)
Gollar: 
Ernandes (65), Kuyate (87) – Keyn (34, 38), Eriksen (60).
Vest Hem: Hart, Fonte (Masuaku, 74), Rid, Ogbonna, Sabaleta, Nobl, Kuyate, Kressuell, Antonio (Kerroll, 28), Ernandes, Arnautovich (Ayyu, 66).
Tottenhem: Lyoris, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, OrYE, Sissoko (Trippyer, 78), Dayer, Devis, Eriksen (Uinks, 73), Alli, Keyn (Lyorente, 89).
Ogohlantirishlar: Orye (64), Ernandes (81), Kerroll (90), Rid (90), Dayer (90), Lyorente (90), Ayyu (90).
Chetlatish: Orye (70).

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 23:20, 23.09.2017.
O'qildi: 4939 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик