Toshkentda davom etayotgan tennis bo‘yicha Tashkent Open 2017 turniri yakkalik bahslari birinchi davrasida o‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova yaponiyalik Kurumi Nara bilan uchrashdi.
O‘yin ikki setda 6:1, 6:1 hisobida Yaponiya vakilining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Abduraimova match davomida 2 ta eys va 6 ta qo‘sh xato qayd etdi. Nara esa o‘z hisobiga 1 tadan eys va qo‘sh xato yozib qo‘ydi.