«Manchester Siti» himoyachisi Benjamin Mendining jarohati og‘ir bo‘lib chiqdi.
Futbolchi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda tizzasining xochsimon paylarini uzib olgandi.
Mendini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan ispaniyalik jarroh Ramon Kugat fikriga ko‘ra, futbolchi 9 oy davomida davolanadi.
Eslatib o‘tamiz, Mendi shu yil yozida "Monako"dan xarid qilingandi.