«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala nimani orzu qilayotgani haqida gapirdi.
«Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish - nafaqat mening, balki "Yuventus"dagi barcha futbolchilarning orzusi. Kiyevdagi finalga borib, o‘tgan mavsumdagidan ham yaxshiroq natijaga erishmoqchimiz», – dedi Dibala.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» o‘tgan mavsum finalida «Real»ga (1:4) yutqazgan edi.