Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekhem italiyalik Karlo Anchelottining «Bavariya»dan iste’foga chiqishini izohlab o‘tdi. Bekhemning so‘zlariga ko‘ra, u italiyalik 58 yoshli mutaxassisning kelajagiga shubha bilan qaramaydi.
«Karloni yaxshi ko‘raman. U — men uchun eng zo‘ri. U dunyoning eng muvaffaqiyatli murabbiylaridan biri sanaladi. Karloda hammasi joyida bo‘ladi», — deya Bekhemning so‘zlarini keltiradi Cooperativa.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti 28 sentyabr kuni «Bavariya» bosh murabbiyligidan ozod etildi. U jamoa bilan Germaniya chempioni va superkubogi sohibi bo‘lishga ulgurdi.