Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Ro‘ziqul Berdiyev: «Qizilqum» yildan - yilga kuchayib bormoqda»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Qizilqum» yildan - yilga kuchayib bormoqda»

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

-So‘zim boshida barcha ustozlarimizni va murabbiylarimizni bayramlari bilan samimiy tabriklayman. Menga ham juda ko‘p aziz insonlar ustozlik qilgan. Ularning mehnatini hech qachon unutmayman.

 Bugungi uchrashuvda qadrdon futbolchilarimizni ko‘rishib, ko‘pchilik xursand bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Go‘yoki bugun ikkiga bo‘linib o‘ynagandek bo‘ldik (kulib). “Qizilqum” jamoasi bugun ham bizga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Jamoa katta tajribaga ega jamoa. E’tirof etish kerak, “Qizilqum” jamoasi yildan-yilga kuchayib borayapti. O‘yinlari juda mazmunli bo‘layapti. Shuning uchun bugun bizga juda qiyin bo‘ldi.

Endi jamoamiz o‘yiniga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugun katta mehnat evaziga maydonda ustunlikka erishdik. O‘yinda hisob yirikroq ham bo‘lishi mumkin edi, ammo vaziyatlardan to‘liq foydalana olmadik.  Eng asosiysi g‘alaba qozondik. Maqsadimiz ko‘proq ochko jamg‘arish.

Albatta o‘z o‘rnida e’tirof etishim kerak. Bugun “Qizilqum” jamoasi safida ko‘pgina sobiq o‘yinchilarimiz harakat qilishdi. Ularning klubimiz yutuqlariga qo‘shgan hissalari juda salmoqli. Buning uchun biz ulardan doimo minnatdormiz, ularning mehnatini doimo qadrlaymiz.

Ilhom Shomurodov? Men shaxsan Ilhom bilan doimo aloqadaman. Afsuski, uning sog‘ligidagi muammo futbolga qaytishiga halaqit berayapti. Ammo oldingi holatiga nisbatan, hozirgi holati ancha yaxshi. Bu aziz futbolchimizni tezroq sog‘ayib, safga qaytishini umid qilib qolaman.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:20, 30.09.2017.
O'qildi: 3318 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.