«Las-Palmas»ning sobiq bosh murabbiyi Pako Ayestaran "Barselona"ga qarshi o‘yinda faqatgina Lionel Messini zararsizlantirishni o‘ylamayapti.
"Barcha murabbiylarning o‘ziga hos uslublari bor. Barcha maksimal natijalarga erishishni istaydi.
Raqibning kuchli o‘yin ko‘rsatmasligi uchun birgalikda bo‘sh hududlarni yopishga intilamiz.
"Barselona"da faqatgina Messi o‘ynamaydi. Bu mavsumda "Barselona"ning barcha a’zolari yaxshi o‘ynayapti. Ular g‘alaba uchun jamoaviy o‘yin ko‘rsatishmoqda.
Ayni damda raqiblarning barcha o‘yinchilari haqida o‘ylash kerak. Faqatgina Messi emas, boshqa futbolchi ham o‘yi taqdirini hal qilishi mumkin", - dedi murabbiy.