Gruziya chempionatidan o‘rin olgan «Zugdidi» - «VIT-Jorjiya» o‘yinidan oldin fojia yuz berdi.
«Zugdidi» darvozaboni Shota Maminashvili chigalyozdi mashqlarini bajarayotganda hushidan ketib yiqildi. Shifokorlar 31 yoshli futbolchining hayotini saqlab qololmadi va u maydonda vafot etdi.
Maminashvili futbolchilik faoliyatida Gruziyaning «Dinamo Batumi», «Zugdidi» va Rossiyaning «Metallurg-Kuzbass» klublarida o‘ynagan edi.