Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Marko Simich: «OCHL sabab «Paxtakor» taklifini qabul qildim»

Marko Simich: «OCHL sabab «Paxtakor» taklifini qabul qildim»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 22-turi doirasidagi «poytaxt derbisi»da Marko Simich tomonidan urilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qilgandi. Chernogoriyalik futbolchi o‘sha kuni «sherlar»ni sardor sifatida maydonga boshlab tushgandi.

Kamoliddin Tojiyev maydonda bo‘lmagan payt sardorlik bog‘ichi aynan Simichga topshirilyapti. Marko standart vaziyatdan so‘ng Ignatiy Nesterov qo‘riqlagan darvozani chiroyli tarzda ishg‘ol qildi.

Bu bilan u yevropalik himoyachilar shunday holatlarda qanday harakat qilishlarini ko‘rsatib qo‘ydi. «Paxtakor» uchun 3 ochko juda zarur edi.

Bir tomondan, «Lokomotiv» g‘alaba qozonganida chempionatning qolgan qismida intriga yo‘qolardi. «Temiryo‘lchilar»ning ketma-ket ikki bahsda mag‘lubiyatga uchrashlari esa birinchi pog‘ona uchun kurash hali davom etishiga zamin yaratdi.

Ikkinchidan, «Paxtakor» ochko yo‘qotsa, bu «sherlar»ning ikkinchi o‘rin uchun kurashdagi raqobatchilariga «sovg‘a» bo‘lardi. Biz qizg‘in o‘tgan derbidan so‘ng o‘yin qahramonlaridan biri Marko Simichdan intervyu olgandik.

- Marko, «Lokomotiv» ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin sizlar uchun kutilganidek qiyin kechdimi?

- Tabrik uchun rahmat. Albatta, uchrashuv oson o‘tmasligini bilgandik. Tayyorgarlik ham shunga yarasha bo‘ldi. Chempionga qarshi o‘yinimiz 22-turni bezab berdi, deb bemalol aytishim mumkin.

- «Lokomotiv» haqida qanday fikrdasiz?

- Bu klub bejiz turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmayapti. Juda yaxshi shakllangan ekan. Tarkibida terma jamoa a’zolari to‘p surishyapti. Eng muhimi, hozirgi tarkib bir necha yildan beri deyarli o‘zgarishsiz o‘ynab kelayotganini aytishdi.

Maydonda bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishadi. Menimcha, ularning eng katta yutug‘i ham aynan shu bo‘lsa kerak.

- Uchrashuvdan oldin murabbiylar shtabi tomonidan qanday ko‘rsatma berilgandi?

- «Lokomotiv»ning kuchli va aksincha, zaif jihatlarini o‘rganib chiqqandik. Shu asosda o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Bir narsani aniq bilardik, bu uchrashuvda bitta xato qaysidir jamoaga qimmatga tushardi.

Shunday darajasi baland bahslarda darvozani ishg‘ol qilish uchun ko‘p ham imkoniyatlar yuzaga kelavermaydi. Ayniqsa, bu gaplarim mehmonda o‘ynayotgan jamoaga tegishli. Amalda ham shunday bo‘ldi va biz bitta vaziyatni golga aylantirdik.

- G‘alaba to‘pini aynan siz kiritdingiz...

- Bundan juda ham xursandman. Boz ustiga, derbi maqomidagi uchrashuvda o‘z nomimni tabloga yozdirib qo‘ya oldim. Lekin bu gol butun jamoaning mehnati samarasi, deb o‘ylayman. Shu bois ham, g‘alaba goliga unchalik ahamiyat qaratmadim.

- «Lokomotiv»ni nimaning evaziga mag‘lub etdik, deb o‘ylaysiz? «Paxtakor»ga omad kulib boqdimi yoki bu oqshom jamoangiz kuchliroq edimi?

- Biz omad tufayli g‘alaba qozondik, deya olmayman. O‘z o‘rnida «Lokomotiv»dan kuchli edik, degan fikrdan ham yiroqman. Maydon egalari bir nechta vaziyatdan foydalana olishmadi. Darvozabonimiz ham yaxshi harakat qildi. Aksincha, biz bitta vaziyatdan gol urib, g‘alabaga erishdik.

- O‘zbekistonning ikkita kuchli klubi to‘qnash keldi. Mana shu o‘yin-dan kelib chiqib, oliy ligamizga qanday baho bergan bo‘lar edingiz?

- Ikkala jamoa ham derbiga xos o‘yin namoyish etishdi. Lekin hozir fikr bildirishdan o‘zimni tiyaman. Chempionat yakunlanganidan so‘ng, albatta, suhbat qilamiz va o‘shanda oliy ligangiz, umuman, o‘zbek futboli haqidagi barcha savollarga atroflicha javob beraman.

Bir narsani aniq ayta olaman, men bilgan avvalgi daraja hozir ancha oshgan. Chempionlik uchun kurashadigan jamoalar soni qanchalik ko‘paysa, chempionat saviyasi shunga yarasha kuchayib boraveradi.

- Marko, «Paxtakor»da qanday paydo bo‘ldingiz? Sizni kim taklif qildi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:06, 02.10.2017.
O'qildi: 5271 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.