Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

6 sentyabr Kurash milliy sport turi kuni deb belgilandi

6 sentyabr Kurash milliy sport turi kuni deb belgilandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. 

Qarorda aytilishicha, kurash milliy sport turini aholi, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishishni ta’minlash maqsadida 6 sentyabr — Kurash milliy sport turi kuni sifatida belgilansin.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda kurashni yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va tasdiqlashi belgilandi. Dasturda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:

Nukus shahri va viloyat markazlarida kurash markazlari, har bir tuman va shaharda zamonaviy sport klublari va seksiyalarini tashkil etish;

kurash bo‘yicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlarni doimiy asosda tashkil etish va o‘tkazish;

kurash bo‘yicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlar ishtirokchilarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini joriy etish;

kurash yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini oshirish;

mazkur sport turi bilan shug‘ullanish uchun jahon standartlariga javob beradigan «yaktak» sport kiyimlari va «kurash gilam»larini ishlab chikarishni tashkil etish;

kurashni, shu jumladan, reklama kampaniyalarini o‘tkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish orkali ommalashtirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi kurashni «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari dasturiga o‘rnatilgan tartibda kiritilishini ta’minlashi belgilandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston kurash federasiyasining O‘zbekiston kurash federasiyasi huzurida «Kurash milliy sport turi markazi» nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish va Toshkent shahar, Korxojaota ko‘chasi, 25-uy manzili bo‘yicha joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:21, 03.10.2017.
O'qildi: 8170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.