"Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Oskar yana Yevropaga qaytish niyatida. U Xitoy jamoasidan oldin "Chelsi" sharafini himoya qilgan.
"Men 26 yoshdaman. APLga qaytishim extimoli bor. Bundan juda xursand bo‘lardim. "Chelsi" Angliya futboli eshiklarini ochgandi. Ammo u yerda yangi taktika tufayli menga joy tegmadi. Biroq hali ham eshiklarni yopganim yo‘q", - deydi Oskar.