Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Argentina JCH-2018ga bormasligi mumkin

Argentina JCH-2018ga bormasligi mumkin

Baho:
+-1 | -

Janubiy Amerika mintaqasida JCH-2018 saralash bosqichi doirasida 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Argentina terma jamoasi o‘z muxlislarini xafa qilishda davom etmoqda. Saralash bosqichi yakuniga yetishiga 1 tur qolganida Sampaoli shogirdlari Rossiya-2018 yo‘llanmasini quruq qolish xavfi ostida turishibdi.

Argentinalik bugun o‘z maydonlarida Peruni qabul qilib, 90 daqiqa davomida raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi.

Chili esa o‘z uyida Ekvadorni qabul qilib, o‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Aleksis Sanches tomonidan urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. Natijada chililiklar jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

Urugvay safarda Venesuelani mag‘lub eta olmaganiga qaramay, 2-pog‘onani saqlab qoldi. Muddatidan avval JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan Braziliya Boliviya maydonida durang bilan qaytadigan bo‘ldi.

Jadvalga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Argentina 6-o‘ringa tushib qolganini ko‘ramiz. Bu o‘rin hattoki qit’alararo pley-off uchun ham yo‘llanma bermaydi. "Albiseleste" so‘nggi turda Ekvador mehmoni bo‘ladi. Bu o‘yinda Argentina faqat va faqat g‘alaba qozonishlari shart. Aks holda muxlislari kelasi yili yozda Messi va uning jamoadoshlarini Rossiya maydonlarida ko‘rmasliklari mumkin.

JCH-2018 saralash, KONMEBOL, 17-tur
Boliviya – Braziliya 0:0 (0:0, 0:0)
Boliviya – Lampe, Morales, Valverde, Gutyerres, Bexarano, Machado, Xustiniano (Kastro, 46), Raldes, Fyerro (Alvares, 58), Moreno, Arse (Sausedo, 79).
Braziliya – Alisson, Tiago Silva (Markinyos, 29), Miranda, Aleks Sandro, Dani Alves, Kazemiro, Renato Augusto, Paulinyo (Fernandinyo, 82), Koutinyo (Villian, 66), Neymar, Gabriel Jezus.
Ogohlantirish: Valverde (69).

Venesuela – Urugvay 0:0 (0:0, 0:0)
Venesuela – Farinyes, Chanselyor, Kixada, Garsiya, Vilyanueva, Kordova (Soteldo, 80), Rinkon, Martines (Otero, 69), Moreno, Murilyo (Lusena, 83), Rondon.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Pereyra, Godin, Nandes (Gonsales, 83), Valverde (de Arraskaeta, 79), Vesino, Rodriges (Bentankur, 65), Kavani, Suares.
Ogohlantirishlar: Vilyanueva (43), Nandes (62), Rinkon (86).

Argentina – Peru 0:0 (0:0, 0:0)
Argentina – Romero, Otamendi, Maskerano, Merkado, Akunya, Bigliya, Banega (Gago, 60; Peres, 66), Gomes, Di Mariya (Rigoni, 46), Benedetto, Messi.
Peru – Galyese, Rodriges, Arauxo, Trauko, Yotun, Penya (Kartaxena, 53), Tapiya (Akino, 78), Farfan (Polo, 70), Korso, Flores, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Bigliya (14), Farfan (22), Tapiya (37), Gerrero (60), Akunya (90).

Chili – Ekvador 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 22 Vargas, 1:1 – 84 Ibarra, 2:1 – 85 Sanches.
Chili – Bravo, Xara, Medel, Mena, Valdiviya (Gutyerres, 83), Ernandes, Sanches, Vidal, Vargas (Rodriges, 80), Silva (Pulgar, 90), Isla.
Ekvador – Bangera, Ramires (Ibarra, 82), Arboleda, Aymar, Valensiya, Intriago (Murilyo, 76), Presiado (Garses, 46), Orexuela, Ibarra, Arroyo, Ordonyes.
Ogohlantirishlar: Valdiviya (25), Silva (51), Vidal (59), Valensiya (66), Ibarra (67).

Kolumbiya – Paragvay 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 79 Falkao, 1:1 – 89 Kardoso, 1:2 – 90 Sanabriya.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra, Aryas, Sanches, Sanches, Agilyar (Barrios, 86), Xames, Kuadrado (Gutyerres, 63), Kardona (CHara, 75), Falkao.
Paragvay – Silva, Balbuena, Valdes, Samudio (Kardoso, 77), Moreyra (Sanabriya, 55), Ortis, Kaseres (Piris, 38), Romero, Gomes, Romero, Gonsales.
Ogohlantirishlar: Ortis (10), Fabra (12), Sapata (27), Gonsales (39), Valdes (57), Falkao (86), Piris (87).

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 Braziliya 17 11 5 1 38-12 38
2 Urugvay 17 8 4 5 28-18 28
3 Chili 17 8 2 7 26-24 26
4 Kolumbiya 17 7 5 5 20-18 26
5 Peru 17 7 4 6 27-25 25
6 Argentina 17 6 7 4 16-15 25
7 Paragvay 17 7 3 7 19-24 24
8 Ekvador 17 6 2 9 25-26 20
9 Boliviya 17 4 2 11 14-34 14
10 Venesuela 17 1 6 10 18-35 9


18-tur uchrashuvlari, 10 oktyabr
Urugvay - Boliviya
Peru - Kolumbiya
Paragvay - Venesuela
Braziliya - Chili
Ekvador - Argentina

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:31, 06.10.2017.
O'qildi: 28272 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.