Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Rossiyada qiziqish uyg‘otayotgan Eron va Janubiy koreyalik iqtidorlar

Rossiyada qiziqish uyg‘otayotgan Eron va Janubiy koreyalik iqtidorlar

Baho:
+ | -

Hammasi shunday bo‘lib chiqdiki, JCH-2018 saralashi asosiy raundi yakunida jahon OAV e’tibori xuddi 4 yil oldin kuzatilganidek yana Eron va Janubiy koreyalik futbolchilarga qaratildi.

Bizning yigitlar esa hamon chetdalar. Mana, bo‘lajak mundial mezboni - Rossiya termasi 7 va 10 oktyabr kunlari O‘zbekiston milliy jamoasining kechagi guruhdoshlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

To‘g‘ri, rus muxlislari orasida sparring-raqib sifatida aynan Janubiy Koreya  hamda Eron termalari tanlanganini tanqid ostiga olayotganlar ko‘p.

Shunga qaramay, mamlakat matbuoti har ikki raqib tarkibida ajoyib ijrochilar borligini eslatmoqda. Xususan, championat.com sayti Rossiyada ko‘pchilikka yaxshi tanish 7 nafar futbolchiga alohida urg‘u qaratdi.

7. Said IZZATULLOHI

Nimasi bilan mashhur? Vaqtida «Atletiko»ga taklif etilgan

Ha, bu yigit Eron futbolining yangi davrdagi bosh umidi sanalgan va 18 yoshidayoq Madridning «Atletiko»si safiga qo‘shilgan. To‘g‘ri, u «matraschilar» tarkibiga kirolmadi, keyin «Rostov»da ham o‘zini yaqqol ko‘rsata olmadi. Said hozir «Amkar»da ijara kelishuvini o‘tamoqda, ammo ko‘pincha zaxirachi rolini bajarish bilan cheklanmoqda. Ammo uning Eron termasidagi ishlari joyida. Har holda, milliy jamoasi libosini muntazam ravishda kiymoqda. Vaholanki, Izzatullohi yaqin-yaqingacha Ispaniya to‘rtinchi divizionida o‘ynardi.

6. Li Kyun XO

Nimasi bilan mashhur? JCH-2014da Igor Akinfeev darvozasiga gol urgan

Koreyalik bu futbolchining Braziliyada yo‘llagan o‘sha zarbasini Rossiya termasi muxlislari xuddi dahshatli tushdek eslab qolgan bo‘lsalar, ajabmas. Katta ehtimolki, u bo‘lajak uchrashuvda ham maydonga tushadi va Igor Akinfeev darvozasiga yana tahdid soladi. Ha, Li yevrofutbolda nom qozona olgani yo‘q, shunga qaramay, u hamon koreyslar milliy jamoasining yetakchi o‘yinchilaridan biri sanaladi. 32 yoshli faxriy Braziliya mundialidan so‘ng Qatarda kichik xizmat safarida bo‘ldi va asosan Janubiy Koreya milliy birinchiligida to‘p surdi.

5. Ki Sun YUN

Nimasi bilan mashhur? 4 yildan buyon APLda o‘ynamoqda

Angliya chempionatini muntazam kuzatib boruvchi muxlislar «Suonsi» va «Sanderlend» liboslarida ko‘rinish bergan bu futbolchini juda yaxshi bilishadi. U mashhurlik bobida koreyalik amaldagi futbolchilar orasida birgina Son Xyun Mindan orqada. Xullas, Ki Sundan ko‘z uzmaslik talab etiladi. Aytgancha, bu yigit 2007 yili bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng kimsan ser Aleks Fergyuson nazariga tushgandi. Biroq «MYU» safini to‘ldirishiga nimadir xalaqit bergan. Umuman olganda, koreyalik futbolchi uchun «Suonsi» ham chakki klub emas.

4. Rizo GUJANNAJOD

Nimasi bilan mashhur? JCH-2014da Lionel Messi va uning sheriklari oldida chakki ko‘rinmagandi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:03, 07.10.2017.
O'qildi: 3697 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.