Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bugungi o‘yin jamoamiz ustunligida o‘tdi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bugungi o‘yin jamoamiz ustunligida o‘tdi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

-Guvohi bo‘ldilaringiz o‘yin bizning ustunligimizda o‘tdi. Faqat maqsadimizga erishish uchun bitta gol yetishmadi. Yigitlar finalga chiqishni juda ham istashgan edi va bugun borini berib o‘ynashdi. Natija biz uchun qoniqarsiz bo‘lsada, futbolchilarimiz o‘yinidan qoniqish hosil qildim.

Bugun yetarlicha vaziyatlarni yarata oldik. Faqat shu birinchi bo‘limdagi vaziyatlarda gol kirita olganimizda, o‘yin boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi.

O‘zbekiston kubogi g‘olibligi ham OCHLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasada, saralash o‘yinlarida ishtirok etishi huquqini berar edi. Shu bois, ham futbolchilar borini berib o‘ynashdi. Lekin biz bilamiz, chempionatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoada ham shunday imkoniyat bo‘ladi. Endi shundan foydalanishga harakat qilamiz.

“Lokomotiv” bugun 5 ta himoyachi bilan o‘ynadi. Shu bois, biz o‘z taktikamizni o‘yin boshidan o‘zgartirdik, ya’ni 4-4-2 taktik sxemasiga o‘tdik. Chunki 5ta himoyachi bilan o‘ynaydigan jamoaga 2 ta hujumchi tushurmasak, imkoniyatlar bo‘lmaydi. Yigitlarga raqibga nisbatan ko‘proq bosim o‘tkazishga ko‘rsatma berdik. Albatta, bunday paytda futbolchilar uchun ko‘proq yugurish talab etiladi va o‘z-o‘zidan bu orqali ularda jismoniy toliqish ham bo‘ladi. Shuning uchun ikkinchi bo‘lim oxirlarida biroz o‘yinimiz sustlashdi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:56, 07.10.2017.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик