Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/10 00:45 Fiorentina 2-2 Atalanta
30/10 18:30 Qo‘qon-1912 0-0 Qizilqum
30/10 18:30 So‘g‘diyona 1-1 Buxoro
30/10 18:30 Xorazm 0-1 Paxtakor
31/10 01:00 Vilyarreal 0-1 Espanyol
31/10 17:00 Surxon - Nasaf
31/10 17:00 Mash’al - Dinamo
31/10 17:30 Chelsi - Man. Yunayted
31/10 18:00 Levante - Atletiko
31/10 19:00 Navbahor - Andijon
31/10 19:00 Bolonya - Monsa
31/10 20:00 Bornmut - Lids
31/10 20:00 Brentford - Nottingem Forest
31/10 20:00 Koventri Siti - Sanderlend
31/10 20:00 Xall Siti - Ipsvich
31/10 20:00 Manchester Siti - Brayton
31/10 20:15 Rayo Valyekano - Selta
31/10 22:00 Udineze - Roma
31/10 22:30 Betis - Malaga
31/10 22:30 Tottenhem - Kristal Pelas
01/11 00:45 Milan - Inter
01/11 01:00 Barselona - Alaves
01/11 01:00 Aston Villa - Fulhem
01/11 16:00 Lokomotiv - OKMK
01/11 16:30 Komo - Venetsiya
01/11 18:00 Xetafe - Sevilya
01/11 19:00 Frozinone - Torino
01/11 19:00 Lasio - Kalyari
01/11 20:15 Rasing - Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul - Arsenal
01/11 22:00 Lechche - Jenoa
01/11 22:30 Elche - Valensiya

JCH-2018 saralash. Suriya/Avstraliyaning raqibi kim bo‘ladi?

JCH-2018 saralash. Suriya/Avstraliyaning raqibi kim bo‘ladi?

Baho:
+1 | -

Kelasi yili Rossiyada bo‘ladigan Jahon chempionati yo‘llanmalari uchun bahslari yakuniga yetib bormoqda. Xabaringiz bor, Osiyodan beshinchi yo‘llanma uchun Suriya va Avstraliya terma jamoalari kurash olib borishmoqda. Malayziyada bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda durang (1:1) qayd etilgan bo‘lsa, javob o‘yini 10 oktyabr kuni Avstraliya maydonida o‘tkaziladi.

Mazkur juftlik g‘olibi navbatdagi bosqichda KONKAKAF mintaqasida 4-o‘rinni egallagan terma jamoa bilan to‘qnash keladi. Xo‘sh, Shimoliy Amerikada saralash bosqichi qanday kechmoqda. Bu mintaqaga biroz nazar tashlaymiz.

KONKAKAFda so‘nggi guruh bosqichi yakunlanishiga 1ta tur qoldi. Meksika (21 ochko) va Kosta-Rika (16) terma jamoalari JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishdi. AQSH 12 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, Panama va Gonduras 10 ochkoga ega. Trinidad va Tobago bor-yo‘g‘i 3 ochko to‘plagan, ko‘rib turganingizdek, bu terma Rossiya-2018 yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqqan.

1. Meksika — 21 ochko
2. Kosta-Rika — 16
3. AQSH — 12 (to‘plar farqi +5)
4. Panama  — 10 (-2)
5. Gonduras  — 10 (-7)
6. Trinidad va Tobago  — 3

So‘nggi, 10-tur o‘yinlari:
10 oktyabr
Gonduras - Meksika
Panama - Kosta Rika
Trinidad va Tobago - AQSH

To‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan uchinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun AQSH juda katta imkoniyatga ega. Birinchidan, amerikaliklar so‘nggi turda autsayder mehmoni bo‘lishadi. Ikkinchidan, jamoa durang o‘ynasa ham JCH-2018 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Har holda, Panama so‘nggi turda Kosta-Rikani 8ta to‘p farqi bilan yengmasa kerak.

Demak, qit’alararo pley-off uchun yo‘llanma Panama va Gonduras terma jamoalaridan biriga nasib etadi. Gondurasliklar oxirgi turda Meksikani qabul qilishini hamda hozirda salbiy to‘plar nisbatiga ega bo‘lib turganini inobatga olsak, Suriya yoki Avstraliyaning raqibi, katta ehtimol bilan, Panama bo‘ladi. Barcha narsa panamaliklarning qo‘lida. Jamoa so‘nggi turda yutqazib qo‘ymasa, Osiyo vakili bilan to‘qnash keladi.

Qit’alararo pley-off bosqichining dastlabki o‘yini 6 noyabr kuni KONKAKAF vakili maydonida, javob bahsi 14 noyabr kuni OFK vakili uyida bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:20, 08.10.2017.
O'qildi: 14091 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик