Krishtianu Ronalduning barqaror muvaffaqiyatidagi asosiy sirlardan biri oshkor etildi - shunchaki, tartibli uxlashni o‘rganish kerak.
«Real» yulduzi 32 yoshni urib qo‘yganiga qaramay, sira qarimayotgandek, axir u maydonda hamon tez harakatlanib, raqiblarga aslo tinchlik bermayapti.
Uning asosiy siri tinimsiz mehnat ekanligi barchaga ma’lum. Shuning barobarida Ronaldu fenomenida boshqa sirlar ham yo‘q emas.
Xususan, uxlash tartibini muvaffaqiyati garovi sifatida tilga olish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Krishtianu bu masalada shunchaki, alohida qoidalarga og‘ishmay amal qiladi.
Chunonchi, sportda vaqtida tiklanish katta ahamiyat kasb etadi. Charchoqlardan tezroq qutilish uchun turli uslublar, zarur vositalar o‘ylab topilgan.
Deylik, texnik massaj. Ammo har bir toliqqan kishiga shubhasiz, katta yordam beradigan asosiy jihat - bu sog‘lom uyqu.
Oshkor qilinishicha, portugaliyalik yulduz uyqu masalasida ham maxsus professional mutaxassis xizmatidan foydalanadi. Aniqroq aytsak, uyquning nozik jihatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Nik Litlxeyls futbolchi uchun maxsus optimal grafik tuzib bergan.
E’tiborli tomoni, mazkur jadvalda nafaqat standart tungi dam olish, balki kunduzgi uyqu vaqtlari ham aniq-tiniq belgilab qo‘yilgan.
Xullas, sog‘lom uyqu mutaxassisi sifatida tanilgan Nik Litlxeyls yaqinda Britaniyaning The Independent nashri orqali bir qator qiziqarli ma’lumotlarni bayon etdi.
Muhimi, Krishtianu Ronaldu amal qilayotgan va samarasini ham ko‘rayotgan sog‘lom tushga qaratilgan asosiy qoidalarni xohlagan kishi o‘zida sinab ko‘rishi mumkin.
1.Kunduzgi uyqu. 5 mahal 90 daqiqadan uxlash maqsadga muvofiq.
2. Embrion shaklida yotish. Shunchaki, uxlash emas, balki to‘g‘ri holda yotish muhim. Turli yo‘lanishda faoliyat yuritadigan kishilar uchun alohida yotish usullari bor (to‘g‘ri, Litlxeyls bu borada ma’lumot bergani yo‘q).
3. Uyquga ketishdan oldin kamida yarim soat nur taratuvchi ekranlarga qaramaslik. Xususan, Ronaldu uxlashdan oldin televizorni o‘chiradi, smartfon va planshetni bir chetga suradi hamda erkin holatda miyasiga dam beradi. Bu vaqtda qandaydir hissiyotlarga berilmaslik zarur.
Tushunarliki, idora xodimlari yoxud zavod-fabrika ishchilari tungi uyqu barobarida kun davomida uxlash uchun 7,5 soat vaqt ajratolmaydilar, albatta. Buning iloji ham yo‘q. Ammo har kim o‘ziga maqbul holda yotish va ayniqsa, to‘shakka kirishdan oldin yarim soat oralig‘ida yorqin ekranlarga qaramaslik qoi-dasiga bemalol amal qilishi mumkin.
Shu joyda uyqu yo‘nalishidagi doktorning Ronaldu haqida aytgan ba’zi fikrlariga ham e’tibor qaratish o‘rinli.
1. Krishtianuning qiziqishi xususida. «Qachondir Ronaldu bilan ishlab ko‘rgan har bir kishi biladi: u juda qiziquvchan yigit. Deylik, kimdir bilan biror burchakda nimanidir muhokama qilayotganingni ko‘rsa, albatta, oldingga keladi va masala mohiyati bilan qiziqadi».
2. Krishtianu bilan qanday ish boshlagani xususida. DAVOMI