Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Yurgen Kloppning «egizagi»ni taniysizmi?

Yurgen Kloppning «egizagi»ni taniysizmi?

Baho:
+ | -

2015 yili «Xaddersfild» sport direktori lavozimiga tayinlangan Styuart Uebber klubdagi «pillapoya»ni to‘liq yangilash lozimligini tushundi.

«Rostini aytsam, bu jamoaning o‘yini shu qadar zerikarli ediki, shaxsan men uning o‘yinlarini ko‘rish uchun 350 funtga mavsumiy abonement sotib olmasdim. Yangi murabbiy bilan yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yishimiz talab etilardi», - deya eslaydi hozirga kelib «Norvich»da ish boshlashga ulgurgan Uebber.

Darhaqiqat, Styuartning iqtidorlarni topish salohiyatiga tan berish lozim. U o‘z vaqtida «Liverpul» skauti sifatida Rahim Sterlingning «qizillar» safiga qo‘shilishini ta’minlagandi.

Xullas, «Xaddersfild»dagi o‘zgarishlar davri uchinchi bundesligadan yuqori divizionlarda ishlamagan Devid Vagner hissasiga to‘g‘ri keldi. G‘alati, deysizmi, unda muzokaralar qanday o‘tganidan xabar topsangiz, nima deysiz? Uebber Vagner bilan uch soat gaplashdi: ham «Xaddersfild»ning taktikasi muhokama qilindi, ham tamaddi. «U stol ustidagi kosadan shokoladli mayizni olib, undan 4-2-3-1 taktik sxemasini yasadi va markaziy himoyachilardan birining nima qilishi kerakligini tushuntirdi. Bu murabbiyning qandaydir yutuqlarga erishishi mumkinligini ko‘nglim sezib turardi», - deydi Uebber o‘sha suhbatni yodga olarkan.

Bir kun o‘tib Vagner rafiqasiga yangi chorlov va boshqa yerga ko‘chib o‘tishini bildirdi, ayol esa birgina savol bilan kifoyalandi: «Umuman, Xaddersfild qayerda o‘zi?». Klubga chaqirilishidan avval Devid ham buni bilmasdi. Ammo bir yarim yildan so‘ng APL xaritasiga yangi nuqta o‘rnatdi. Shunaqa, hammasi shokoladli mayizdan boshlangan.

Devid Vagnerning futbolchilik faoliyati kamtarona kechdi. «Shalke»dagi ikki yil va Germaniyaning autsayder jamoalaridagi faoliyatdan tashqari, AQSH termasidan chaqiruv olganini eslash mumkin. Aynan millionlar o‘yini tufayli Devidning hayotidagi asosiy tanishuv ro‘y berdi - u Yurgen Kloppni uchratdi.

Hozirda ular ikki tomchi suvdek bir-birlariga o‘xshashadi: mayin soqol, ko‘zoynak, beysbolka, tashqi ko‘rinish shu qadar bir xilki, hatto Vagnerning qizi otasini germaniyalik mutaxassis bilan adashtirib qo‘ygan. O‘tgan asrning 90-yillarida bu murabbiylar «Mayns» bazasidagi xonada birga yashashgan. «Kloppni rafiqamdan ham yaqinroq taniyman. To‘rt yil mobaynida Yurgenni xonada chekmaslikka chaqirdim, ammo u o‘z bilganidan qolmasdi», - deya eslaydi Vagner.

Ammo Davomi 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:32, 10.10.2017.
O'qildi: 6049 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик