Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Cardor Rahmonov: «O‘z xatolarimiz sabab mag‘lub bo‘ldik»

Cardor Rahmonov: «O‘z xatolarimiz sabab mag‘lub bo‘ldik»

Baho:
+ | -

Oliy liga 19-turining qoldirilgan uchrashuvida «Paxtakor» o‘z uyida «Mash’al»ni qabul qildi. E’tiborga molik jihati shundaki, muborakliklar ikkinchi davrada hali umuman mag‘lubiyatga uchrashmagandi.

Boz ustiga, «Qo‘qon-1912» maydonidan uch ochko olib qaytishni uddalashgandi. Garchi Aleksandr Xomyakov sho-girdlari «sherlar»ga ham munosib qarshilik ko‘rsatishsada, tajriba va mahorat uyg‘unligi poytaxtliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa «Mash’al» ikkinchi davrada ilk marta maydonni ochkosiz tark etdi. Biz «Paxtakor»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng mehmonlar himoyachisi Sardor Rahmonov bilan suhbatlashdik.

- Sardor, avvalo, o‘yin haqidagi fikringizni bilmoqchi edim. «Paxtakor»dan shunday hujumkor futbol kutganmidinglar?

- Ha, albatta. «Paxtakor» so‘nggi uchrashuvlarida hujumkor, kuchli pressingga asoslangan futbol namoyish etyapti. Biz bilan bo‘lib o‘tgan bahsda ham xuddi shunday o‘yin guvohiga aylandik.

- Murabbiylar uchrashuv oldidan sizlarga qanday ko‘rsatma berishgandi?

- Ehtiyotkor bo‘lib harakat qilish va asosan himoyadan o‘ynash kerakligini aytishgandi. Umuman olganda, o‘yin biz uchun yomon boshlanmagandi. Lekin birinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin hammasi o‘zgarib ketdi.

- «Paxtakor» «Mash’al»dan o‘yin bobida ustun edimi?

- Menimcha, birinchi bo‘limda mezbonlar ustunroq ko‘rinishdi. Buni tan olish kerak. Ammo tanaffusdan so‘ng bizning o‘yinimizda ham jonlanish kuzatildi va yaxshiroq harakatlana boshladik. Lekin bu yakuniy natijada aks etmadi.

- «Mash’al» mazkur o‘yini bilan shunday mag‘lubiyatga loyiqmidi? Yoki «Paxtakor» tajribali futbolchilari evaziga g‘alaba qozondimi?

- Bunday mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Siz aytgandek, «Paxtakor» tajribali futbolchilari evaziga o‘yinda g‘alabaga erishdi. Terma jamoa a’zolari hamda legionerlar uchrashuv taqdirini hal qilishdi, deyish mumkin. Afsuski, klubimizning ikkinchi davradagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldik. Qolaversa, yutqazishimizga o‘z xatolarimiz ham sabab bo‘ldi.

- Jamoa ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng kuchli beshlikdan biroz uzoqlashgandek...

- Ha, xuddi shunday. Endi ikkinchi o‘rindagi jamoadan 7 ochkoga ortda qolyapmiz. Lekin oldinda yetarlicha o‘yinlar bor. Vaziyatni yana ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun bizda hali imkoniyat bo‘ladi. Kutilmagan natijalar boshqa qayd etilmaydi, deb hech kim kafolat berolmaydi. Kuchlilar safida qolish uchun kurashayotgan jamoalar har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, ochko tortib olishlari mumkin.

- Agar «Mash’al» kuchli beshlikka kira olmasa, bu jamoa uchun salbiy natijaga aylanadimi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:59, 10.10.2017.
O'qildi: 3733 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик