“Inter” va Braziliya jamoalari sobiq hujumchisi Adriano faoliyatini tiklashni istamoqda. 35 yoshli futbolchi bu haqda shunday deydi: “Men allaqachon mashg‘ulotlarni boshlab yuborganman va yangi chaqiruvlarga tayyorlanyapman. Bilaman, yana futbolga qaytish oson bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, men formamni saqlashga va professional darajaga qaytishga intilyapman. Futbolda hali ham nimalardir qila olishimni isbotlamoqchiman”, dedi Adriano.