Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Paxtakor» - «Qo‘qon-1912». Uchrashuv prevyusi

«Paxtakor» - «Qo‘qon-1912». Uchrashuv prevyusi

Baho:
+ | -
14 oktyabr kuni "Paxtakor" oliy liganing 24-turida Toshkentda "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qiladi.   Mavsumni yaxshi o‘tkazayotgan qo‘qonliklar safida himoyachi Akmal Xolmurodov diskvalifikasiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ushbu jamoa tarkibida "Paxtakor"ning bir qator sobiq a’zolari maydonga tushishlari mumkin.   Oliy liga tarixida klublar 23 bor to‘qnash kelishgan. 13 bellashuvda "Paxtakor" zafar quchgan. 5tadan uchrashuv durang va raqibning g‘alabasi bilan tugagan. 65 to‘p kiritgan jamoamiz darvozasidan 35 gol o‘tkazib yuborgan. Toshkentdagi oxirgi 8 o‘yinda "Paxtakor" ustun kelgan. Qo‘qonliklarning safardagi yagona g‘alabasi 1994 yilda kuzatilgan. "Sherlar" hisobida o‘z maydonida 10 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat mavjud.   Bellashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishi ma’lum qilindi. U hozirgacha oliy ligada "Paxtakor" ishtirokidagi 12 uchrashuvda hakamlik qilgan. Jamoamiz ulardan 8tasida zafar quchgan, bir marta durang o‘ynagan va 3 bor mag‘lubiyatga uchragan. Joriy mavsum "So‘g‘diyona", "Buxoro" va "Metallurg"ga qarshi o‘tgan o‘yinlarni Agishev boshqargan. Har uch bellashuv "Paxtakor" g‘alabasi bilan yakunlangan.   "PAXTAKOR" - "QO‘QON-1912" Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Nabir Ro‘zimov (Toshkent), Bahodir Bahromov (Toshkent), Asker Najafaliyev (Toshkent). Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan). PFL vakili: Grigoriy Rtveladze.   Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 13 oktyabr, juma kuni "Jar" stadioni kichik maydonida 15:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini "Paxtakor" stadionida 14 oktyabr kuni 17:00da start oladi.
Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:50, 12.10.2017.
O'qildi: 3387 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик