Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Bugun futbol. «Neftchi» – «Nasaf»

Bugun futbol. «Neftchi» – «Nasaf»

Baho:
+ | -

Futbol ishqibozlari bugun Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida qiziqarli uchrashuv guvohi bo‘lishadi.

“Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi ishqibozlarga ko‘pgina hayajonli daqiqalarni taqdim etishi kutilmoqda.

O‘zPFL  24-tur

“Neftchi” (Farg‘ona)  - “Nasaf” (Qarshi)

13.10.2017. “Istiqlol” stadioni. 16:30da

Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Rishat Nu’monov (Toshkent), Server Yeremeev (Toshkent)

Zaxira hakami: Anotoliy Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov.

Mazkur jamoalar bugun o‘zaro 42-uchrashuvida maydonga tushishadi. “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi prevyusida bu haqda to‘xtalib o‘tdik.

“Nasaf” jamoamiz bugun oliy ligadagi 612-uchrashuvida maydonga tushadi. Shu paytgacha jamoamiz bu uchrashuvlarning 344tasida g‘alabaga erishgan. Futbolchilarimiz shu paytgacha raqiblari darvozasini 1109 marta ishg‘ol qilishgan.

Jamoamiz bu yilgi chempionatdagi o‘tkazgan 23ta bahslarining 14tasida g‘alabasini nishonladi. Turnir jadvalida 44 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi.

“Nasaf” bu yilgi futbol mavsumida keyingi o‘tkazgan 6 uchrashuvida g‘alabaga erishdi. Shulardan bittasi kubok bahsidir. Bu uchrashuvlarda darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

“Ajdarlar” Farg‘onadagi o‘tkazilgan o‘zaro 20ta uchrashuvda 3 marta g‘alaba qozongan.  

“Nasaf” Farg‘onadagi ilk g‘alabasini 2010 yili nishonlagan, so‘nggi g‘alabasini esa, 2015 yili qo‘lga kiritgan. “Neftchi” so‘nggi marta 2009 yili o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchrata olgan.

Yuqoridagi faktlardan ko‘rinib turibdiki, bu jamoalar turnir jadvalidagi egallab turgan mavqiyega qaramasdan o‘zaro uchrashuvlarda muxlislarga qiziqarli va murosasiz futbol uchrashuvlarini taqdim etib kelishgan. Bugun ham shunday futbol bellashuvi bo‘lishini bemalol oldindan aytish mumkin.

Shunday ekan, qiziqarli uchrashuvni o‘tkazib yubormang, aziz futbol ishqibozlari.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:55, 13.10.2017.
O'qildi: 3763 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик