Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Lokomotiv» 7 yildan buyon «Navbahor»ga yutkazmayapti

«Lokomotiv» 7 yildan buyon «Navbahor»ga yutkazmayapti

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” jamoasi O‘zbekiston milliy chempionatlari doirasida “Navbahor”ga qarshi shu paytga qadar 25ta uchrashuv o‘tkazgan. Ularning 13tasi “temiryo‘lchilar” foydasiga hal bo‘lgan. 7ta bahsda esa namanganliklarning qo‘li baland kelgan. Yana 5ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan – durang. Umumiy ustunlik “Lokomotiv” futbolchilari tomonida.

Ta’kidlash joizki, “Loko” vakillari namanganlik darvozabonlarni 45 marta “hafa qilishgan”. O‘z darvozamizdan esa ushbu jamoaga qarshi bellashuvlarda 36 bor to‘p o‘tkazib yuborganmiz.

“Lokomotiv” “Navbahor” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasiga 2016 yilda ikkinchi davra doirasida o‘tgan o‘yinda erishgan. O‘shanda “lochinlar”ni o‘z uyida qabul qilgan toshkentliklar raqibni 5:0 hisobida tor-mor etishgandi.

Joriy yilgi mavsumda esa ushbu ikki klubning dastlabki o‘yini 4 may kuni 9-tur doirasida bo‘lib o‘tdi va unda 2:2 hisobi qayd etildi. O‘sha uchrashuvda jamoamiz safida kiritilgan gollarga Sardor Mirzayev hamda Marat Bikmayev mualliflik qilgandi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, “Lokomotiv” 2010 yildan buyon “Navbahor”ga yutkazmasdan kelmoqda.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:53, 13.10.2017.
O'qildi: 3181 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик