Fransiya 1-divizionida futbolchi 10 soniyada ikkita sariq kartochka oldi.
"Renn" jamoasi yarim himoyachisi Vahbi Hazri "Gengam"ga qarshi o‘yinda chetlatildi. U o‘yinning 66-daqiqasida raqibga qarshi qo‘pol o‘ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. Bunga esa u g‘alati ravishda kulib qo‘ydi. Uchrashuvni boshqargan hakam Frank Shneyder esa ko‘p o‘ylanib o‘tirmadi va ikkinchi sariq kartochkani cho‘ntagidan chiqardi.
O‘yinda Hazrining jamoasi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.