«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi Italiya chempionatining 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Milan»ga qarshi o‘yinda (3:2) xet-trikni rasmiylashtirdi.
24 yoshli argentinalik futbolchi Milan derbisida 3ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan «neradzurri»ning to‘rtinchi futbolchisi bo‘ldi. Shu paytgacha bunday natijani Amadeo Amadei (1949), Ishtvanu Nyershu (1953) va Diyego Milito (2012) qayd etgandi.