Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Futzal. O‘zbekiston termasi guruh yetakchiligi uchun Qirg‘iziston bilan kuch sinashadi

Futzal. O‘zbekiston termasi guruh yetakchiligi uchun Qirg‘iziston bilan kuch sinashadi

Baho:
+ | -

Eronning Tabriz shahrida bugun, 17 oktyabr kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi so‘nggi, 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkent vaqti bilan 15:30 da guruh yetakchilari O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari bir biriga ro‘baro keladi.

Ushbu o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa guruh yetakchisiga aylanadi. Agar durang qayd etilsa, Bahodir Ahmedov shogirdlari yaxshiroq to‘plar nisbati evaziga guruhni 1-o‘rin bilan tugatadi. So‘nggi tur oldidan turnir jadvali quyidagi ko‘rinishni olgan. 

O‘zbekiston termasi bugungi o‘yinni ko‘k formalarda o‘tkazadi. Raqib Qirg‘iziston esa oq liboslarda maydonga tushadi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari kecha, 16 oktyabr kuni mos ravishda Turkmaniston (4:2) va Nepalni (5:0) mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval OCH yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

“A” guruhi 3-turining hech qanday ahamiyatiga ega bo‘lmagan o‘yinda Nepal va Turkmaniston o‘zaro kuch sinashadi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi “B” guruhida ham OCH chiptasini qo‘lga kiritgan jamoalar nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Eron dastlabki o‘yinda Afg‘onistonni 8:2 hisobida mag‘lub qilgan bo‘lsa, Tojikiston termasi afg‘onistonlik futzalchilarni qiyinchilik bilan 4:3 hisobida yengdi. Demak, Eron va Tojikiston OCH yo‘llanmasini naqd qildi va ular o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bugungi o‘yin natijasi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Futzal bo‘yicha OCH saralashi
“A” guruhi, 3-tur
17 oktyabr, seshanba

15:30  O‘ZBEKISTON – Qirg‘iziston 
18:00  Turkmaniston – Nepal

Ma’lumot uchun, Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit’a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:14, 17.10.2017.
O'qildi: 2831 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик