Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘FF va QFA o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘FF va QFA o‘rtasida memorandum imzolandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashdi.

Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O‘zbekiston va Qatar federasiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yib, uni rahbariyat va mansabdor shaxslar, shuningdek, texnikaviy masalalar bo‘yicha ekspertlar, murabbiylar, hakamlar va futbolchilar orqali samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Shayx Hamad bin Halifa O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federasiyaning turli toifadagi jamoalariga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o‘quv kurslari, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlar sport inshootlarini qurish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash hamda ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo‘yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

“Bu memorandum va kelishuvdan juda ko‘p narsa kutyapman”, - deydi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga. “Chunki, memorandum faqatgina futbol o‘yinida ishtirok etadigan mutaxassislar bilan bog‘liq emas. Bu kelishuv futbol boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadigan boshqaruv apparatiga ham bevosita taalluqlidir. Zero, ushbu memorandum O‘zbekiston Futbol Federasiyasi xodimlariga menejment, marketing va reklama faoliyati, sport tibbiyoti, futbolda jismoniy tayyorgarlik va texnikaviy yo‘nalishni aniqlab olish, ta’lim va tadqiqotlar kabi sohalarda Qatarda o‘qish va malaka oshirish imkoniyatini yaratib beradi. Bu esa bizga kadrlar bilan bog‘liq masalalarni ijobiy hal qilish imkonini beradi”.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O‘FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vise-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.

Foto manbasi: QFA

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:09, 17.10.2017.
O'qildi: 3063 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик