Moskvaning “Spartak” klubi hujumchisi Luis Adriano “Sevilya”ga qarshi uchrashuv (5:1) da o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
30 yoshli futbolchi uchun mazkur gol YECHL musobaqasidagi 21-gol sifatida qayd etildi. Avval “Shaxtyor” jamoasida to‘p surgan hujumchi ushbu goli orqali YECHLda braziliyalik to‘purar futbolchilar orasida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Adriano ro‘yxat yetakchilari Kaka va Adrianolardan 9 golga ortda bormoqda.
Qiziqarlisi, Adriano yana uchta gol ursa “PSJ” hujumchisi Neymardan oldinga chiqib oladi. Faqatgina Neymar bugun “Anderlext” darvozasiga gol urmasa bo‘lgani.